Pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjat.
Daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (rasmiy daromadlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
Ta’lim muassasasi bilan tuzilgan ta’lim (kontrakt) shartnomasi;
Taʻminotga doir hujjatlar. Agar ta’minotga mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
Davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma (zarur hollarda);
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning ijtimoiy soliq toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda); Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Qarz oluvchi-kredit olish uchun murojaat qilgan kuni 18 yoshga to'lgan va 40 yoshdan oshmagan (40 yosh ham kiradi) O'zbekiston Respublikasi fuqarosi.
O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, mikroqarz boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.