Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1230
  • Yangilangan sana: 20 Aug 2024, 15:29

Ta'lim krediti

  • 1228
  • Yangilangan sana: 20 Aug 2024, 15:29
  • 13.5% gacha
    Foiz stavkasi
  • Cheklanmagan
    Eng kam miqdori
  • 11 yil va 6 oyg...
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: 0
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashning belgilangan yakuniy muddati + 6 oy
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi: Kredit miqdorining kamida 125%
  • Ta'minot turi: uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida.

Bunda, xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti boʻyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

(Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgartirishsiz qoldiriladi)

Hujjatlar
Pasport 

Daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

Talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).

Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
Oʻzbekiston Respublikadagi barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oluvchi talaba va o‘quvchilarning kontrakt toʻlovi uchun

Ish haqi (kamida 6 oy);

Yoshga doir pensiya;

a) ta'lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

b) doimiy ish joyiga, shuningdek ta'lim krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

v) ta'lim kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Qo‘shimcha shartlar

Oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorigacha.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) hisobga olinadi: 

- “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. Bunda, kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin  ajratiladi.

- “3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda va (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar