fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta;
rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda, qarz oluvchi tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestridan ko‘chirma nusxasi;
mustaqil baholovchi tashkilotning uy-joy qiymatini baholash hisoboti;
uy-joy buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 72 yoshdan oshmagan (72 yosh ham kiradi) bo‘lishi;
doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslar; (uy-joy qiymatini 50 foizdan ortiq qismini o‘z mablag‘i hisobidan shakllantirilganda daromad to‘g‘risida ma’lumot talab etilmaydi)
ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kredit (mikroqarz)lar bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.