Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 787
  • Yangilangan sana: 19 Mar 2026, 09:55

Uy-joy ta'miri uchun ipoteka

  • 788
  • Yangilangan sana: 19 Mar 2026, 09:55
  • 25-26%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 3-10 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 0
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 135%
Foiz stavkalari
Иш ҳақи лойиҳаси доирасида - 25%

Стандарт - 26%
Hujjatlar
  • fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;

  • Davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan (muhr yoki QR-kod orqali) jismoniy shaxsning daromadi to'g'risida deklaratsiya.;

  • ta’mirlanayotgan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestridan ko‘chirma nusxasi;

  • maxsus litsenziyaga ega mustaqil baholovchi tashkilotning uy-joy qiymatini baholash hisoboti;

  • uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega loyiha tashkiloti tomonidan ishlangan va tasdiqlangan moliyaviy smeta hisob-kitobi.

  • rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma'lumot olish imkoni bo'lmagan hollarda, ishberuvchi tomonidan tasdiqlangan va/yoki rasmiy sayt (my.gov.uz, Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali) orgali olingan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda-ishlagan davr uchun,biroq oxirgi 6 oydan kam bo'lmagan muddatga) olgan daromadlari to'g'risidagi m a l u m o t n o m a ,gonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlari to'g'risidagima'lumotnoma;

Talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 72 yoshdan oshmagan (72 yosh ham kiradi) bo‘lishi;

  • doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslar;

  • ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kredit (mikroqarz)lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar;

  • ta’mirlanayotgan uy-joyning egasi bo‘lishi.

Qo‘shimcha shartlar
Kredit muddatida qarz oluvchining yoshi 75 dan oshib ketmasligi lozim (ya'ni 72 yoshli fuqaroga kredit 3 yil muddatga ajratilishi mumkin) 

Boshlang‘ich badal —  talab etilmaydi.

Kreditning eng ko‘p miqdori:

  • Toshkent shahrida –  412 000 000 so‘m (BHMning 1000 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda);

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda –  288 400 000 so‘m (BHMning 700 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda). 

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan qarz oluvchilar uchun rasmiy daromad manbai talab etilmaydi. Bunda, oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga tushgan tushumlari inobatga olinadi va shu asosida qarz yuki ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Sayt: www.brb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar