Norasmiy daromadga ega bo'lgan shaxslar: Qarz oluvchilar to'lov qoblliyatini aniqlashning muqobll usullaridan, shu jumladan, ularning bank kartasi aylanmasi, ijara va xalqaro pul o'tkazmalaridan yuborilgan mablag'larini hisobga oluvchi skoring tizimidan foydalanilishi mumkin.
Norasmiy daromadga ega bo'lganlar tomonidan boshlang'ich badal miqdori 30 foiz va undan yuqori shakillantirsa - o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yhatdan o'tgan qarz oluvchilar uchun rasmiy daromad talab etilmaydi va mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi. Bunda qarz oluvchining joriy ipoteka krediti bo'lmasligi lozim.
Mehnat migrantlariga ipoteka kredit talablari: Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun ipoteka kreditining daromadi sifatida, ular tomonidan tijorat banklari orqali kamida 6 оу davomida muntazam ravishda O'zbekiston Respublikasi xududiga yuborilgan pul o'tkazmalari xisobga olinadi.
Bunda chet davlatdan O'zbekiston Respublikasi xududiga yuborilgan pul o'tkazmalarining (so'mdagi ekvivalentida) banklar dasturida elektron tarzda ma'lumotlarini olish imkoniyati to'liq yo'lga qo'yilgunga qadar, tijorat banklari tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlardan foydalanilishi mumkin.
Uy-joyning kadastr pasporti
Muddatli to‘lov tasdiqlangach, 5 nafargacha birgalikda qarz oluvchilarni qo‘shish imkoniyati mavjud
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar:
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar:
Kreditga ariza;
Daromadni tasdiqlash bo‘yicha hujjat yoki Bank Mijoz roziligiga asosan daromadlarini tashqi manbalardan o‘rganishi mumkin;
Anketa so‘rovnoma;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida matrisali shtrix kodga (QR-kod) ega bo‘lgan ma'lumotnoma;
Ipoteka ob'ktining hujjatlari;
Shu bilan birga Bank kredit olish uchun ariza berishda zarurat yuzaga kelganda boshqa hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Oldi-sotdi shartnomasi;
Xalqparvar komissiyasi qarorining nusxasi;
Pasport/ID karta
Qarz oluvchi va zarur bo‘lsa, qo‘shma qarz oluvchining daromadlari haqidagi ma’lumotnoma
Birlamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun qurilish pudratchisi bilan tuzilgan shartnoma
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.