Ta'minot sifatida kredit mablag'lari hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi, milliy/xorijiy valyutadagi pul mablag'lari depoziti garovi, shuningdek, garovni kredit mablag'lari hisobiga sotib olinayotgan avtomobilga almashtirish huquqi bilan tegishli miqdordagi boshqa likvidli ko'char/ko'chmas mulklar qabul qilinadi;
Ta'minotning umumiy summasi kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak.
Ta'minot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Yuqori likvidlikka ega bo'lishi;
Uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega bo'lishi;
Qonunchilik talablari va bankning ichki qoidalariga muvofiq bo'lishi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.