Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foiz va boshlang’ich to’lov miqdorini tanlashlari mumkin:
Boshlang’ich badal miqdori |
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Avtomobil narxining 30 % dan kam bo`lmagan miqdorda |
12 oygacha |
yillik 26,99% |
24 oygacha |
yillik 27,99% |
|
36 oygacha |
yillik 28,99% |
|
48 oygacha |
yillik 29,99% | |
60 oygacha |
yillik 30,99% |
Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).
Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. Kredit olish uchun ariza.
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
3. Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi.
4. Mustaqil baholovchi tashkilotning avtotransport vositasini baholash hisoboti.
AVTOKREDIT – “IKKILAMCHI PLUS” – Ikkilamchi bozordan ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan boshqa rusumdagi avtotransport vositalari hamda gibrid avtomobillarni (Elektromobillar bundan mustasno) xarid qilish uchun iste’mol krediti.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.