|
Boshlangʻichbadal xonadon qiymatining 50%dan kam to‘langanda |
18,0 % |
|
Boshlangʻich badal xonadon qiymatining 50%i va undan ko‘p to‘langanda |
17,5 % |
1. Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta;
2. Rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda, ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan va/yoki rasmiy sayt (my.gov.uz, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali olingan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda-ishlagan davr uchun, biroq oxirgi 6 oydan kam bo’lmagan muddatga) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
3. Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi (agar boshlang‘ich badal mablag‘lari avval pudrat tashkilotiga o‘tkazib berilgan bo‘lsa, mablag‘ o‘tkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjat);
4. Sotib olinayotgan xonadonga sotuvchi (pudratchi)ning egalik huquqni tasdiqlovchi hujjati, ya’ni Qurilishi (rekonstruktsiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma va Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat Reyestridan ko‘chirma nusxasi;
5. Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan xonadon sotib olish to‘g‘risida shartnoma nusxasi;
6. Subsidiya xabarnomasi (ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar uchun);
7. Mehnat migranti «labor-migration» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (labor-migration elektron dasturidan foydalanish imkoni bo’lmagan hollarda);
8. Mehnat migranti tomonidan oxirgi 6 oy davomida uning oila a’zolari, yaqin qarindoshlari nomiga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma (elektron dasturdan yoki tegishli internet saytidan ma’lumot olish imkoni bo’lmagan hollarda).
9. Davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma (zarur hollarda)
- kamida oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ravishda (ta’til va mehnatga layoqatsizlik davridagi, ish haqi ish beruvchi tomonidan kechiktirib to‘langandagi va shunga o‘xshash boshqa asosli sabablarga ko‘ra uzilishlar bundan mustasno) hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar;
- yoshga doir pensiya to‘lovlari;
- fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari (kamida oxirgi 6 oy);
- foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar (kamida oxirgi 6 oy);
- Davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan (muhr yoki QR-kod orqali) jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya (oxirgi hisobot sanasiga, yillik);
- kamida oxirgi 6 oylik bank kartalari orqali amalga oshirilgan xarajatlari;
- pul o‘tkazmalari miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma (mehnat migrantlari uchun).
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.