Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 106
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2025, 16:08

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun ipoteka kreditiga onlayn buyurtma

  • 104
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2025, 16:08
  • 17,5% dan boshl...
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15 foizdan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 100%
Foiz stavkalari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4% band miqdorida
(Boshlang'ich badal xonadon qiymatining 50% va undan ko'p to'langanda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi +3,5% band miqdorida).
Hujjatlar
  • Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;

  • Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi;

  • Sotib olinayotgan xonadonga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat Reyestridan ko‘chirma);

  • Xonadon sotib olish to‘g‘risida pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;

  • Subsidiya xabarnomasi (ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar uchun).

Kerakli hujjatlar (Bank mobil ilovasi orqali ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng bankka taqdim qilinadi).

Talablar
  • Murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi;

  • Oxirgi 6 oy davomida (uzluksiz) doimiy daromadga ega bo‘lishi;

  • Belgilangan me’yorlarga muvofiq boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;

  • Ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan olingan joriy kredit/mikroqarzlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Qo‘shimcha shartlar

-“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi” doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi.

-Ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotgan xonadon qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma asosida mulk huquqi yuzaga kelgan uy-joyda joylashgan bo‘lishi.

-Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi pudrat tashkiloti nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi.

-Uy-joy qabul qilib olinganiga 3-yildan ko‘p bo‘lmagani, 4 va undan yuqori qavatli bo‘lishi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Sayt: www.brb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar