Muddati | Foiz stavkasi |
3 yilgacha | 25,5% |
5 yilgacha | 27,5% |
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
2. Daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (rasmiy daromadlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
3. Avtomobil ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi sub’yekt (yuridik shaxs) bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnoma;
4. Ta’minotga doir hujjatlar. Agar ta’minotga mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Mijozga (qarz oluvchi) qoʻyiladigan talablar:
a) kreditni olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan (65 yosh ham kiradi) boʻlishi;
b) doimiy ish joyiga, shu jumladan kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.
Minimal boshlangʻich badal miqdori:
- rasmiy dilleri mavjud avtomobilni sotib olish uchun: 25% dan kam boʻlmagan miqdorda*.
- rasmiy dilleri mavjud bo’lmagan avtomobilni sotib olish uchun: 40% dan kam boʻlmagan miqdorda.
Oʻrtacha oylik daromadlari:
Rasmiy daromadlar qabul qilinadi:
- ish haqi (kamida 6 oy);
- yoshga doir pensiya.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.