Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta;
Rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda (mijoz soliqqa tortilmaydigan faoliyat turi bilan shug‘ullanib, ularning daromadlari rasmiy manbalarda aks ettirilmaganda), mijoz tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (biroq uzluksiz olti oydan kam bo‘lmagan muddatda) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Sotib olingan kvartiraga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish to‘g‘risida shartnoma nusxasi;
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun - oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Boshlang‘ich badal mablag’ini uy-joy qiymatining 40 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirgan o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan qarz oluvchilardan 3-ilovaga muvofiq, u tomonidan imzolangan ma’lumotnoma talab qilinadi.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi bo‘lishi lozim
Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim;
Sotib olinadigan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirish imkoniga ega bo‘lishi;
Ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan olingan joriy kredit/mikroqarzlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;
Ipoteka krediti hisobiga olingan uy-joy:
- qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasi asosida mulk huquqi yuzaga kelgan bo‘lishi;
- qabul qilib olinganligiga 3 yildan kam bo‘lmasligi;
- uy-joyga bo‘lgan huquq pudrat tashkiloti nomiga o‘tgan bo‘lishi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.