Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 7
  • Yangilangan sana: 4 Nov 2026, 10:37

HYUNDAI avtokredit

  • 8
  • Yangilangan sana: 4 Nov 2026, 10:37
  • 0% dan 21,0% ga...
    Foiz stavkasi
  • 269 000 000 so‘...
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 25% dan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
Foiz stavkalari
Asosiy qarz bo‘yicha foiz stavkasi miqdori
Hamkorlik dasturi shartlari bilan belgilanadigan o‘zgaruvchilarga qarab, yillik foiz stavkasi 0% dan 21,0% gacha belgilanadi (1-ilovaga muvofiq)
Hujjatlar
Kredit olish uchun Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport/ID karta/harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi);
Avtomobil oldi-sotdi shartnomasi;
O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma (davlat soliq qo‘mitasi orqali) **;
Tashqi xizmatlar ma’lumotlari bo‘yicha Qarz oluvchining daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani va/yoki so‘nggi kamida 6 (olti) oy davomida bank hisobvarag‘i bo‘yicha pul mablag‘larining qoldiqlari va harakati to‘g‘risidagi ko‘chirmani taqdim etish zarur;
Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda Bank Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘z axborot tizimlari, kredit byurolari va boshqa rasmiy manbalar ma’lumotlaridan, shu jumladan Qarz oluvchining roziligi talab qilinganda, foydalanadi.
Zarur hollarda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.



Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

Garovga qo‘yiladigan mol-mulk bo‘yicha hujjatlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) va avtotransport vositasi hamda zarur hollarda boshqa hujjatlar;
Nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun:
nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma; turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
er (xotin) ning qonun hujjatlarida va Bankning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda kredit bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash uchun garov predmetini o‘tkazishga roziligi;
Bank Garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Talablar
Ta’minot miqdoriga qo‘yilgan talab

Kredit summasining kamida 125 foizi
Bankka aloqador shaxslar uchun kredit summasining kamida 130 foizi



Kredit va garov ta’minoti nisbatiga qo‘yiladigan talab

75% dan ko‘p emas



Kredit tarixiga talablar

Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixi mavjud emasligiga yo‘l qo‘yiladi;
Kredit byurosining hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga ko‘ra, kredit arizasini ko‘rib chiqish sanasida ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan muddati o‘tgan qarzlarning mavjud emasligi




Qarz oluvchiga talab

O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi bazasi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan;
Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning "qora" ro‘yxatda yo‘qligi
Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning yuridik shaxslari qora ro‘yxatida mavjud emasligi




Qo‘shimcha shartlar
Qarz oluvchining kredit bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlari
Garov narsasini sug‘urta qilish xarajatlari Qarz oluvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. Kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urta qilish polisi bo‘yicha xarajatlar, agar tanlangan dastur shartlariga ko‘ra ular Qarz oluvchiga yuklatilgan bo‘lsa, shuningdek boshqa majburiy xarajatlar kredit shartnomasi tuzilgunga qadar Qarz oluvchiga oshkor qilinadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditning to‘liq qiymatini hisoblashda hisobga olinadi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
APEX BANK
Litsenziya raqami: 90, 24.04.2025
Manzil: 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sodiq Azimova ko'chasi, 77
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1881
STIR: 310329897
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar