Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1482
  • Yangilangan sana: 25 May 2026, 12:43

Ta’lim uchun

  • 1483
  • Yangilangan sana: 25 May 2026, 12:43
  • dan 24,9%
    Foiz stavkasi
  • 1 000 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 3 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: -
  • Ta'minot turi: uchinchi shaxslarning kafilligi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
Kredit turi Foiz stavkasi Muddat, oy Eng yuqori summa, ming so'm
O'zR oliy ta'lim muassasalarida bakalavr, magistr, ikkinchi mutaxassislik bo'yicha kunduzgi ta'lim, oshirilgan (tabaqalashtirilgan) kontrakt bundan mustasno. Ta'minot — kafillik 26,9% 24 oygacha 30 000 000
Xorijiy OTMlarda bakalavr, magistr, ikkinchi mutaxassislik bo'yicha kunduzgi ta'lim. Ta'minot — kafillik 26,9% 24 oygacha 50 000 000

* Stavka yillik. Eng yuqori summa — 50 000 000 so'mgacha. Kredit muddati — 3 yilgacha (36 oy). Minimal summa — 1 000 000 so'm.

Hujjatlar
  • Ariza beruvchining (va kafil) pasporti
  • O'quv muassasasi bilan tuzilgan o'qish shartnomasi
  • O'quv muassasasidan o'qish to'lovi uchun hisob-faktura (invoys)
  • Ariza beruvchining (va kafil) daromadlari to'g'risidagi ma'lumotnoma
  • Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR)
Talablar
  • O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi
  • Yosh: 18 yoshdan (doimiy daromad mavjud bo'lsa) yoki 14 yoshdan ota-ona/vasiy nomidan ariza berilganda
  • Doimiy daromad mavjudligi (ariza beruvchi yoki kafilda)
  • Akkreditatsiyadan o'tgan o'quv yurtida (O'zR yoki xorijiy) qabul qilingan yoki tahsil olayotgan bo'lish
  • Agarda Sizning doimiy daromadlaringiz bo'lmasa, ariza ota-onangiz yoki vasiyingiz nomidan beriladi
  • Kreditni rasmiylashtirish uchun Siz kafil bilan birgalikda bankga kelib, shartnomani imzolashingiz kerak
Qo‘shimcha shartlar

Kredit berish shakli: naqdsiz — o'quv muassasasining bank hisob raqamiga o'tkazish yo'li bilan.

Kredit maqsadi: O'zbekiston Respublikasi va chet eldagi oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida o'qish to'lovini amalga oshirish (kunduzgi bakalavr, magistr, ikkinchi mutaxassislik, oshirilgan kontrakt bundan mustasno).

Ta'minot: uchinchi shaxslarning kafilligi (doimiy daromadga ega jismoniy shaxslar). Kreditni rasmiylashtirish uchun Siz kafil bilan birgalikda bankga kelib, shartnomani imzolashingiz kerak.

Kredit valyutasi: milliy valyuta (so'm).

To'lash usuli: differensial (asosiy qarz teng ulushlarida + qoldiqqa foiz).

To'lov davriyligi: har oy.

Muddatidan oldin to'lash: jarima sanktsiyalarisiz istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.

Mijozning qo'shimcha xarajatlari: qarz oluvchi va kafil hayotini va mehnat qobiliyatini sug'urtalash (zarur hollarda). Sug'urta va baholash xarajatlari rasmiylashtirish jarayonida aniqlanadi.

Arizani ko'rib chiqish: 1–3 ish kuni ichida.

Kechiktirilganda sanksiyalar: kredit shartnomasi va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida.

Maxsus shartlar:

  • Oliy o'quv yurtiga qabul qilinganingizdan so'ng, Sizga to'lov uchun shartnoma va hisob faktura/invoys berishadi.
  • Shartnoma imzolangani va muhr bosilganiga ishonch hosil qiling.
  • Shuningdek, o'quv muassasasining bank rekvizitlari to'g'ri yozilganligi, harflari o'chib ketmaganligiga ishonch hosil qiling.
  • Agarda Sizning doimiy daromadlaringiz bo'lmasa, ariza ota-onangiz/vasiyingiz nomidan beriladi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
ipak yuli bank
Litsenziya raqami: 10, 21.10.2017
Manzil: 100017, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-140-78-33
STIR: 200542744
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar