Qarz oluvchining ulushli ishtirokida qurilgan koʻp qavatli turar joy binolaridagi kvartiralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar, kredit taʼminoti sifatida sherik-quruvchining (hamkor-zastroyshchik) kafilligi taqdim etiladi. Kafil (sherik-quruvchi) Bank bilan tuzilgan bosh kelishuvda koʻrsatilgan barcha majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi;
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan va kvartiraga boʻlgan mulk huquqi rasmiylashtirilgandan soʻng, kredit mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan koʻchmas mulk;
Taʼminotning umumiy summasi kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak.
Taʼminot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Garovga qoʻyilmagan boʻlishi;
Yuqori likvidlilikka ega boʻlishi;
Uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega boʻlishi.
Qonunchilik talablari va bankning ichki qoidalariga muvofiq.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.