Qarz oluvchining ulushli ishtirokida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar, kredit ta’minoti sifatida hamkor-quruvchining 125 foiz miqdoridagi kafilligi va umumiy kredit summasining kamida 50 foizi miqdorida kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polisi taqdim etiladi. Kafillik beruvchi (hamkor-quruvchi) bank bilan tuzilgan bosh kelishuvda ko‘rsatilgan barcha majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi;
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan va kvartiraga boʻlgan mulk huquqi rasmiyshtirilgandan soʻng, kredit mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan koʻchmas mulk.
Taʼminotning umumiy summasi kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak.
Taʼminot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Garovga qoʻyilmagan boʻlishi;
Yuqori likvidlilikka ega boʻlishi;
Uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega boʻlishi.
Qonunchilik talablari va bankning ichki qoidalariga muvofiq.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.