Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 642
  • Yangilangan sana: 11 Mar 2024, 15:07

Ipoteka krediti

  • 643
  • Yangilangan sana: 11 Mar 2024, 15:07
  • 28%
    Foiz stavkasi
  • 500 000 so‘m
    Eng kam miqdori
  • 85-120 oy
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 25%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125%
Foiz stavkalari

85-120 oy - 28%;

Hujjatlar
  • Ariza beruvchining va birgalikda qarz oluvchining pasportining asl nusxasi;
  • Sotib olinadigan uy-joy sotish bo'yicha dastlabki shartnoma;
  • Sotib olinadigan uy-joyning bozor bahosi to'g'risidagi hujjat;
  • Sotib olinadigan uy-joy kadastr nusxasi.
Talablar

Ipoteka kreditlari, doimiy ish joyiga, yashash joyidan ro’yhatdan o’tgan va o’z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

Ipoteka krediti shartlari:

Kredit olayotgan jismoniy shaxs sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi xonadon qiymatining kamida 25% (Yigirma besh) o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lashi shart.

Ajratiladigan kredit miqdori O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3.000 (Uch ming) baravaridan oshmasligi lozim.

Kredit 10 (O‘n) yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.

Qo‘shimcha shartlar

CHAKANA KREDIT AJRATILISHI VA/YOKI QARZDOR/KAFIL SIFATIDA QABUL QILINISHI MUMKIN BOʻLGAN JISMONIY SHAXSLAR

Bank tomonidan quyida belgilangan jismoniy shaxslarning chakana kredit buyutmalari qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, hamqarzdor, kafillar uchun ham quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

1.Doimy ravishda maosh va haq oladigan jismoniy shahslar:

•    Davlat tashkilotlari hodimlari,
•    Hususiy sektorda mehnat qilayotganlar.

2. Arizachining ishlyotgan korxona yoki tashkilotni faoliyat davri kamida 1 yil boʻlganligi, shuningdek, kishining koʻrsatilgan ish joyida soʻnggi 6 oy davomida uzluksiz ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar olgan boʻlishi lozim.

3. So'nggi 6 oy davomida faoliyat ko'rsatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

4. So'nggi 6 oy davomida faoliyat ko'rsatgan korxonaning taʻsischilari va ishtirokchilari.

5. Ijaradan daromad olayotgan va omonatchi boʻlgan Bank mijozlari.
•    Foiz daromadi olayotgan mijozlarning omonati miqdori qadar mablagʻlarini uzluksiz oxirgi 6 (olti) oy davomida Bankda saqlashi lozim.

•    Ijaradan daromad olayotgan mijozlarning ijara daromadlari Bank orqali amalga oshirilishi lozim.

6.Oʻzbekistonda istiqomad qiluvchi chet ellik shaxslarga, Oʻzbekiston fuqaroligi mavjudligi va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan bir kafil olinishi shart bilan kredit ajratilishi mumkin.

7. Pul mablagʻlari garovi bilan ajratiladigan kreditlarda yuqorida belgilangan shartlar amal qilmaydi.

CHAKANA KREDIT AJRATILMAYDIGAN VA/YOKI QARZDOR/KAFIL SIFATIDA QABUL QILINMAYDIGAN JISMONIY SHAXSLAR VA ISTISNOLAR

Oʻzbekistonda istiqomat qilmaydigan Oʻzbekiston fuqarolari;

 Bankda va/yoki boshqa banklarda oʻzining va/yoki yurmush oʻrtogʻining muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud shaxslar;

•    18 yoshga toʻlmagan shaxslar va/yoki qonunchilikka muvofiq balogʻat yoshiga yetmaganlar, (bu shaxslarga boquvchi, vasiy orqali ham kredit ajratilmaydi);

•    Hisobvaraqlariga taqiq qoʻyilgan yoki kredit tarixi salbiy boʻlgan shaxslar;

•    Bankda va/yoki boshqa bamklarda ochilgan sud daʻvolari mavjud korxnalarning taʻsischilari, ishtirokchilari hamda mazkur korxonalarninh xodimlari;

•    Muammoli kreditlari mavjud shaxslar, (Bu shaxslarga yzngi kredit ajratilmaydi, mavjud kreditlari muddatidan oldin undiriladi);

•    Bankda va/yoki boshqa banklarda muammoli kreditlar sifatida yopilgan oxirgi kredit yopilish sanasiga 6 oydan kam vaqt oʻtgan shaxslar;

•    Talab etilgan kredit muddati (yillik) boʻyicha yoshi 60dan oʻtgan boladigan shaxslar;

•    Mikroqarz (overdraft) olish boʻyicha murojaat etilganda yoshi 60dan ortiq boʻladigan shaxslar;

•    Bankning Kuzatuv Kengashi va Taftish komissiyasi aʻzolari hamda bank xodimlari, amaldagi qonunchilikda belgilangan shartlar asosisida ajratiladigan kreditlar mustasno;

•    Avtokredit ajratilishida, haqiqatda avtomashina olib sotish va avtomashina ijarasi bilan shugʻullanayotgan shaxslar;

•    Ishonchnomaga asosan kredit ajratish uchun murojaat qilgan shaxslar;

•    Koʻchmas mulk sotib olish boʻyicha kredit ajratilishida, koʻchmas mulk olib sotish va qurib sotish ishi bilan shugʻullanayotgan hamda bunday shaxslar bilan bir xatar guruhiga boʻlganlar.

Bu shaxslarning mazkur koʻchmas mulkni shaxsiy ehtiyoji uchun sotib olishini bayon etishi hamda Bank tomonidan ham maqullangan holda, bu kredit ajratilishi mumkin.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Ziraat Bank Uzbekistan
Litsenziya raqami: 1, 13.05.1993
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 15/АБВ
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-43-31
STIR: 201178469
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar