Mikrokredit 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan, doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini band qilgan fuqarolarga ajratiladi.
Mikrokredit olayotgan fuqaro o‘zini o‘zi band qilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.
Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
- likvidli ko‘char yoki ko‘chmas mulk garovi, bunda ishlab chiqarilganiga 2-yildan oshmagan yoqilg‘i turi benzin bo‘lgan avtotransport vositasining 80%gacha ta’minotga olinadi. Ko‘chmas mulk esa shahar va tuman markazlarida joylashgan bo‘lishi lozim.
- “Kredit siyosati” va “Kredit ta’minoti siyosati” talablariga javob beradigan fuqarolarga ajratiladi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.