Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).
Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.
Kreditning taqdim etish shakli: Mijoz tomonidan to’lanadigan hamda avtokredit mablag’lari “AUTO MOTORS ASIA” MCHJ, “Sher-Don-YDA” MCHJ, “KING GARMENT TEXTILE” MCHJ, CHINA-AUTO MOTORS” MCHJ ning “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan hisob raqamiga pul o’tqazish yo’li orqali.
AVTOKREDIT “CHINA AVTO PLUS” - “AUTO MOTORS ASIA” MCHJ, “Sher-Don-YDA” MCHJ, “KING GARMENT TEXTILE” MCHJ, CHINA-AUTO MOTORS” MCHJ tomonidan yetkazib beriladigan barcha rusumdagi avtomashinalarni sotib olish uchun iste’mol krediti.
Kredit Qarz oluvchi tomonidan Avtomobil qiymatining kamida 15% miqdorida boshlang’ich badal to’lanishi sharti bilan Avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 85% miqdorida beriladi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.