Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1182
  • Yangilangan sana: 12 Aug 2026, 16:05

Ipoteka kredit

  • 1183
  • Yangilangan sana: 12 Aug 2026, 16:05
  • 26%
    Foiz stavkasi
  • 1 000 000
    Eng kam miqdori
  • 180 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 26% dan
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 12 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125%
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy)
Foiz stavkalari
Dastlabki to'lov: 
26% dan (rasmiy daromadga ega shaxslar uchun), 30% dan (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun) uy-joy narxining
Hujjatlar
- Investitsiya shartnomasi yoki dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- sotib olinayotgan obʼekt joylashgan binoni qurish uchun vakolatli organning ruxsatnomasi (birlamchi bozordan ob‘ekt sotib olganda);
- Ta‘minot hujjatlari;
- Garovga taqdim qilingan ko‘chmas mulkni baholash boʼyicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti;
- Sotib olinayotgan ob‘ektning kadast va egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari (ikkilamchi bozordan ob‘ekt sotib olganda);
- Boshlangʼich badal shakllantirilaganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar) va sotuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta va boshqalar);
- O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Talablar
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, Kredit ajratish sanasida 18 yoshga to‘lgan va kreditni oxirgi so‘ndirish sanasida 65 yoshdan oshmagan jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:
Yakka tartibdagi uy-joy, ko‘p qavatli uydan kvartirani investitsiya shartnomasiga asosan birlamchi bozordan yoki ikkilamchi bozordan sotib olish uchun.
Ilgari olingan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish.

*Kredit tarixida so‘nggi 3 yilda muddati o‘tgan qarzdorlikning ruxsat etilgan darajasi:
1. Rasmiy daromadga ega qarz oluvchilar uchun: 10 ta 30+;
5 ta 60+.
2. O’zini-o’zi band qilgan shaxslar uchun: 8 ta 30+;
3 ta 60+.
* MIB joriy qarzdorligi bo‘lmasligi.

Kredit ta'minoti:

- Kredit hisobiga sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydan kvartira kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan qiymatda garovga qabul qilinadi.

- Ipoteka krediti investitsiya shartnomasiga asosan birlamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun ajratilganda sotib olinayotgan ob‘ekt bo‘yicha garov shartnomasini rasmiylashtirilgunga qadar – kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan qiymatda boshqa turar yoki noturar joy garovi.

- Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot kreditning 130 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Alohida shartlar: 
- Mazkur ipoteka krediti ilgari ipoteka krediti asosida sotib olingan va garovda turgan uy-joyni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan normalarga muvofiq navbatdagi garov obyekti sifatida qabul qilish orqali ajratilishi mumkin.
- Kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy, sotuvchining nomiga rasmiylashtirilganiga kamida 3 oydan oshgan bo’lishi lozim. 
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Asia Alliance Bank
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71 231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar