Dastlabki to'lov:
26% dan (rasmiy daromadga ega shaxslar uchun), 30% dan (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun)
Hujjatlar
- Investitsiya shartnomasi yoki dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- Sotib olinayotgan obʼekt joylashgan binoni qurish uchun vakolatli organning ruxsatnomasi (birlamchi bozordan ob‘ekt sotib olganda);
- Ta‘minot hujjatlari;
- Garovga taqdim qilingan ko‘chmas mulkni baholash boʼyicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti;
- Sotib olinayotgan ob‘ektning kadast va egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari (ikkilamchi bozordan ob‘ekt sotib olganda);
- Boshlangʼich badal shakllantirilaganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar) va sotuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta va boshqalar);
- O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
* Qarz oluvchining to‘lov qobiliyati uning bank karta aylanma mablag‘lari, ijara, kommunal va boshqa xarajatlari orqali tahlil qilinishi mumkin.
Talablar
Kredit doimiy rasmiy daromadiga ega yoki o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga, O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan, 18 dan 60 gacha bo’lgan fuqarolarga (bunda 60 yosh - shartnoma muddatining oxirgi sanasiga eng yuqori yosh chegarasi hisoblanadi) ajratiladi.
Qo‘shimcha shartlar
Ushbu shartlar asosida kredit ajratish bo‘yicha qaror qilish vakolati Kreditlarni ma’qullash boshqarmasi Jismoniy shaxslar anderraytingi bo‘limiga beriladi.
Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim.
Bunda:
30+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 10 tadan,
60+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 5 tadan oshmasligi lozim;
90+ yo‘l qo‘yilmaydi.
MIB joriy qarzdorligi bo‘lmasligi.
Kredit ta'minoti:
- Kredit hisobiga sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydan kvartira kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan qiymatda garovga qabul qilinadi.
- Ipoteka krediti investitsiya shartnomasiga asosan birlamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun ajratilganda sotib olinayotgan ob‘ekt bo‘yicha garov shartnomasini rasmiylashtirilgunga qadar – kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan qiymatda boshqa turar yoki noturar joy garovi.
- Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot kreditning 130 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Alohida shartlar:
Ushbu ipoteka krediti ipoteka krediti asosida ilgari sotib olingan va garovda turgan uy-joyni qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi garov obyekti sifatida qabul qilish orqali ajratilishi mumkin.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.