Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 694
  • Yangilangan sana: 24 Mar 2026, 12:18

Avtokredit "Birlamchi"

  • 695
  • Yangilangan sana: 24 Mar 2026, 12:18
  • Yillik 26% dan ...
    Foiz stavkasi
  • 1 000 000
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Avtomobil qiymatining 25% dan (rasmiy daromadga ega shaxslar uchun)
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 133,4%
Foiz stavkalari

Бошланғич бадал миқдори 

Кредит муддати


Фоиз ставкаси

Автомобил нархининг 25 % идан кам бо`лмаган миқдорда
   12 ойгача    йиллик 26%
   60 ойгача    йиллик 28%  




Hujjatlar
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);
2. Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi;
3. Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
4. Mijozning turmush o’rtog’i mavjud hollarda turmush o’rtogining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasining garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi, turmush o’rtog’i mavjud bo’lmagan hollarda mijoz tomonidan kredit ajratish uchun ariza berilgan kunga nikoh mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat;

  O’zini-o’zi band qilganlik to’g’risidagi guvohnoma (kredit o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga ajratilganda).

Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Bunda daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.
Talablar
Avtokredit "Birlamchi" - barcha turdagi yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning yoshi - 18 yoshdan. Bank qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini mustaqil ravishda belgilaydi, bunda bunday imkoniyat bo‘lmagan taqdirda qarz oluvchidan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinishi mumkin.

Qo‘shimcha shartlar
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

· Asosiy ta’minot – sotib olinadigan avtotransport vositasi.
· Ushbu sotib olinadigan avtotransport vositasi ta’minot sifatida avtotransport qiymatining 70% dan ko’p bo’lmagan qiymatda qabul qilinadi;
· Kredit bo’yicha majburiyatlarni vaqtincha ta’minlash (asosiy ta’minot garov shartnomasini notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilguniga qadar) – sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi;
· Qo’shimcha ta’minot - sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi (kredit ta’minoti qiymatining yetmagan qismiga).
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Asia Alliance Bank
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71 231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar