Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 378
  • Yangilangan sana: 27 Dec 2024, 17:31

Avtokredit «UzAuto - Cobalt»

  • 377
  • Yangilangan sana: 27 Dec 2024, 17:31
  • 30%
    Foiz stavkasi
  • 150 000 000
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15 % dan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy muddatgacha
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud emas
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda
Foiz stavkalari
Kredit muddati va foiz stavkalari:

Mijoz tomonidan to’lanadigan mablag’ miqdori
( Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan narxga nisbatan)
Kredit muddati Imtiyozli davr Foiz stavkasi
  15 % dan boshlab 60 oy muddatgacha 60 oy muddatgacha   Yillik 30,00 %
Hujjatlar
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.)
2. Avtotransport vositasi yetkazib berish shartnomasi;
3. Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
4. Mijozning turmush o’rtog’i mavjud hollarda turmush o’rtogining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasining garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi, turmush o’rtog’i mavjud bo’lmagan hollarda mijoz tomonidan kredit ajratish uchun ariza berilgan kunga nikoh mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat;
 

Daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar oxirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz bo’lishi lozim. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.

Talablar

O’zini o’zi band qilgan shaxslarga mazkur kredit ajratilmaydi.

Kredit mablag’lari “UzAuto Motors” AJning hisob raqamiga kredit mablag’larini transhlarga bo’lib o’tqazish yo’li orqali ajratiladi.

Kredit va hisoblangan foizlarni to’lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda differensial to’lov usulida amalga oshiriladi.

Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining alohida sof daromadi BHMning 6 barobaridan kam bo’lmasligi lozim. 

Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluchining jami o’rtacha sof daromadining 60% kredit bo’yicha eng yuqori oylik to’lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo’yicha o’rtacha oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi lozim. Ushbu ko’rsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab - 50 foiz etib belgilanadi.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

· Asosiy ta’minot – sotib olinadigan avtotransport vositasi.
· Ushbu sotib olinadigan avtotransport vositasi ta’minot sifatida avtotransport qiymatining 70% dan ko’p bo’lmagan qiymatda qabul qilinadi;
· Kredit bo’yicha majburiyatlarni vaqtincha ta’minlash (asosiy ta’minot garov shartnomasini notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilguniga qadar) – sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi;
· Qo’shimcha ta’minot - sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi (kredit ta’minoti qiymatining yetmagan qismiga).

Qo‘shimcha shartlar

Avtokredit «UzAuto - Cobalt» - UzAuto Motors AJ tomonidan yangi ishlab chiqarilgan “Cobalt” modelidagi yengil avtotransport vositasini sotib olish hamda avtokredit rasmiylashtirish uchun zarur bo’lgan sug’urta badallarini to’lash maqsadida ajratiladi.

Kredit avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan doimiy rasmiy daromadga ega bo’lgan, kredit olish uchun ariza topshirish vaqtida 25 yoshga to’lgan ijobiy kredit tarixiga ega shuningdek oxirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslarga ajratiladi.

Kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi narxining 85 foizi miqdorigacha beriladi. Bunda kredit mablag’lari transhlarga bo’lib 1-transhda avtotransport narxining 50 foizigacha, 2-transhda 35 foizigacha bo’lgan qismi mijozning arizasiga asosan ajratilishi mumkin.

Shuningdek, avtotransport narxining 15 foiz va undan yuqori bo’lgan miqdori mijoz tomonidan 6 oy davomida yoki avtotransport vositasi yetkazib berilgunga qadar bankda uning nomiga ochilgan hisob-raqamda oyma-oy jamg’arib borish yoki bir yo’la avtotransport vositasini yetkazib beruvchining hisob-raqamiga to’lanishi mumkin.

Qarz oluvchilarga ushbu avtokredit quyidagi shartlarda ajratiladi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
ASIA ALLIANCE BANK
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar