Yillik foiz: 25%.
To‘lov usuli: annuitet yoki differensial (qarz oluvchining xohishiga ko‘ra).
Imtiyozli davr: mavjud emas (imtiyozli davrsiz).
Qarz oluvchi — 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs).
Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolar (ish haqi, pensiya va nafaqalar hisobga olinadi).
Boshlang‘ich to‘lov: talab qilinmaydi (0%).
Kreditlanadigan turar-joy — yakka tartibda qurilgan uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadon.
Kredit maqsadi: Turar-joyni ta’mirlash. Tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruksiya) bunga kirmaydi.
Kredit miqdori: 170 mln so‘mgacha.
Kredit muddati: 10 yil (120 oy).
Garov ta’minoti: ipoteka krediti ostidagi ta’mirlanadigan uy-joyning o‘zi.
Sug‘urta to‘lovi: sotib olingan yoki ta’mirlanadigan uy-joy bahosidan kam bo‘lmagan summaga sug‘urta qilinadi.
Kredit ajratish tartibi: oldi-sotdi shartnomasiga asosan pudratchi tashkilotning bankdagi hisobraqamiga yoki qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkaziladi.
Moliyalashtirish manbasi: Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi.
Alohida shart: ta’mirlanayotgan uy-joy/xonadon qarz oluvchining nomida bo‘lishi shart emas, biroq uning egasi qarz oluvchi bilan kamida 3 oy birga istiqomat qilgan bo‘lishi shart.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.