Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 640
  • Yangilangan sana: 24 Jul 2026, 00:11

"Bizdan uy" ipoteka krediti

  • 641
  • Yangilangan sana: 24 Jul 2026, 00:11
  • 23.99%-24.99%
    Foiz stavkasi
  • Сhegaralanmagan...
    Eng kam miqdori
  • 180 oy
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 25%-40%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 12 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
  • So‘ndirish usuli: Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy)
Foiz stavkalari

  • Rasmiy daromadga ega shaxslar uchun (boshlang‘ich badal 25%) — 24.99%

  • Rasmiy yoki norasmiy daromadga ega shaxslar uchun (boshlang‘ich badal 40%) — 23.99%.

  • Imtiyozli davr: 1 yil.

Hujjatlar
-qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning pasportini asl nusxasi (filial xodimi tomonidan pasportdan nusxa olinadi);
 -qarz oluvchi bilan sotuvchi o‘rtasida tuzilgan uy-joyni dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
-boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi;
-sotuvchining uy-joyga bo‘lgan mulk huquqining yuzaga kelishi uchun asos bo‘ladigan hujjat nusxasi;
 -sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
 -qurilish tugallanganligi to‘g‘risidagi foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
 -baholovchi tashkilotning uy-joy qiymatini baholash hisoboti;
 -qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) daromadlari yoki xarajatlari to‘g‘risida ma’lumotnomalari (zarur hollarda). Bundan tashqari, zarurat tug‘ilganda qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar va taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalari ham talab qilinishi mumkin.
Talablar

  • Qarz oluvchi — 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs).

  • Doimiy daromadga ega va o‘zini-o‘zi band qilgan (shu jumladan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan) fuqarolar.

  • Boshlang‘ich badal: rasmiy daromadga ega shaxslar uchun mulk qiymatining 25%; rasmiy yoki norasmiy daromadga ega shaxslar uchun 40%.

  • Boshlang‘ich badal 40% va undan yuqori bo‘lganda, rasmiy yoki norasmiy daromadga ega qarz oluvchidan amaldagi tartibda keltirilgan daromad turlaridan birini qo‘shish talab etiladi hamda mijozning qarz yuki hisobga olinadi.

Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi: Birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardan kvartira hamda yakka tartibdagi uy-joy sotib olish uchun.

Kredit miqdori: chegaralanmagan (sotib olinayotgan uy-joy summasi miqdorida).

Kredit muddati: 15 yilgacha (180 oy).

Garov ta’minoti: kredit hisobiga sotib olinayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar.

Moliyalashtirish manbasi: bankning o‘z mablag‘i.

Birlamchi uy-joy bozoridagi ko‘p kvartirali uylardan kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talab etilmaydi (qolgan holatlar bundan mustasno).

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Agrobank
Litsenziya raqami: 78, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi, 2a-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-203-88-88, 1216
STIR: 201200124
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar