Yillik foiz: 19,99% (Markaziy bank asosiy stavkasi + 5,99%; hozirda MB stavkasi 14%).
To‘lov usuli: annuitet yoki differensial (qarz oluvchining xohishiga ko‘ra).
Imtiyozli davr: mavjud emas.
Qarz oluvchi — 18 yoshga to‘lgan va pensiya yoshigacha bo‘lgan, doimiy rasmiy daromadga ega (ish haqi, pensiya, nafaqa) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs).
Birgalikda qarz oluvchi: doimiy daromadga ega qarzdorlarni olish mumkin.
Boshlang‘ich badal: uy-joy narxining kamida 25%.
Barcha kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadga nisbati 50%dan yuqori bo‘lmasligi.
Ipoteka kreditini ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan ipoteka qarzdorligi bo‘lmasligi hamda avval olingan kreditlar (mikroqarz, iste’mol, avtokredit va boshqalar) bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi.
Sotib olinadigan xonadon — birlamchi bozordagi (yangi qurilgan), qabul qilish komissiya dalolatnomasi asosida mulk huquqi yuzaga kelgan va qabul qilinganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan ko‘p qavatli uydagi xonadon.
Kredit miqdori: Toshkent shahri uchun — 800 mln so‘mgacha; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 500 mln so‘mgacha.
Kredit muddati: 20 yilgacha (240 oy).
Garov ta’minoti: sotib olinayotgan uy-joyning o‘zi.
Sug‘urta to‘lovi: sotib olingan uy-joy bahosidan kam bo‘lmagan summaga sug‘urta qilinadi.
Moliyalashtirish manbasi: O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.