Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 343
  • Yangilangan sana: 5 Mar 2025, 15:57

Eksklyuziv avto 2.0

  • 344
  • Yangilangan sana: 5 Mar 2025, 15:57
  • 5.99-20.5%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 48 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 133,(3)%
Foiz stavkalari
5.99-20.5%

Hujjatlar
1.  Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
2. Daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (rasmiy  daromadlar bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin); 
3. Avtomobil ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi sub’yekt bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnoma;
4. Taʻminotga doir hujjatlar. Agar ta’minotga mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
5. Davlat soliq xizmati organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma (zarur hollarda);
6. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning ijtimoiy soliq toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda);
Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
a) kreditni olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan (65 yosh ham kiradi) boʻlishi; 
b) doimiy ish joyiga, shu jumladan kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.
Qo‘shimcha shartlar
1. Kredit boʻyicha anderrayter/kollegial organning ijobiy qarori qabul qilingandan soʻng, mijoz tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari TQO omonatiga shakllantiriladi. Bunda, qarz oluvchi tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari avtomobil oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvchi hisob raqamiga oʻtkazib berilgan hollarda, pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Boshlang’ich badal mablag’lari sotuvchi hisobraqamiga o’tkazilgandan so’ng kredit ajratilishi lozim.

 2. Mijoz xohishiga koʻra kredit mablagʻlari oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq bosqichma-bosqich ajratilishi mumkin.

 3. Bosh kelishuv shartlaridan kelib chiqib “UzAutoMotors” AJ rasmiy ko’rsatma xati orqali avtomobil markalari o‘zgartirilishi mumkin.

Chevrolet Onix, Tracker*, Malibu, Equinox va Traverse kabi modellarga nisbatan aksiya shartlari qo‘llaniladi. Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan.

*“UzAuto Motors” AJ chegirmasiga tushgan Chevrolet Tracker avtomobillari bo‘yicha kredit ajratilmaydi. 

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Sayt: www.brb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar