Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan ko‘chmas mulk;
Qonunchilikda belgilangan tartibda bank talablariga javob beradigan qo‘shimcha boshqa ta’minot;
Qarz oluvchining ulushli ishtirokida qurilgan noturar joy mulki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar, kredit ta’minoti sifatida hamkor-quruvchining umumiy kredit summasining kamida 125 foizi miqdoridagi kafilligi taqdim etiladi;
Umumiy kredit summasining kamida 50 foizi miqdorida kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polisi. Kafillik beruvchi (hamkor-quruvchi) bank bilan tuzilgan bosh kelishuvda ko‘rsatilgan barcha majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi;
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va ko‘chmas mulkka egalik huquqi rasmiylashtirilgandan so‘ng, kredit mablag‘lari hisobidan sotib olingan nomturar joy mulki;
Ta’minotning umumiy summasi kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak;
Ta’minot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Garovga qo‘yilmagan bo‘lishi;
Yuqori likvidlikka ega bo‘lishi;
Uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega bo‘lishi;
Qonunchilik talablari va bankning ichki qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.