Ariza
qarz oluvchi (mavjud bo‘lganda birgalikda qarz oluvchilar)ning pasporti;
ipoteka krediti evaziga sotib olinayotgan uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun qarz oluvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
yakka tartibda uy-joy qurish hamda rekonstruksiya qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusxasi;
qarz oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
“Turonbank” ATBda qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat hisobraqamida kredit summasining 25%dan kam bo‘lmagan pul mablag‘lari joylashtirilganligi to‘g‘risidagi bank maʼlumotnomasi va/ yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va /yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi bo‘yicha dastlabki hisob-kitobi.
Mustaqil baholovchi tomonidan mulkning bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha hisoboti;
Taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun zarur hollarda talab etilishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.