|
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Boshlang‘ich badal |
|
6 oygacha |
20 % |
25 % dan |
|
12 oygacha |
21 % |
25 % dan |
|
24 oygacha |
23 % |
25 % dan |
|
36 oygacha |
24 % |
25 % dan |
|
48 oygacha |
24,5 % |
25 % dan |
|
60 oygacha |
24,8 % |
25 % dan |
Foiz stavkasi o‘zgarmas hisoblanadi.
Barcha toifadagi qarz oluvchilar uchun:
• pasport yoki ID-karta
(shu jumladan YaIDXP orqali elektron shaklda);
• daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
• birlamchi bozordan avtomobil sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi.
Bank qonunchilik talablari va o‘z ichki tartiblariga muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun maxsus shartlar
Kredit quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilganda ajratiladi:
• davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lishi;
• bank hisobvarag‘iga (kartasiga) kamida 6 oy davomida uzluksiz tushumlar mavjud bo‘lishi;
• birgalikda qarz oluvchi jalb etilishiga ruxsat etiladi;
• ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha avvalgi qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan taqdirda, qayta foydalanish mumkin.
Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• murojaat qilingan vaqtda 18 yoshga to‘lgan va kredit to‘liq so‘ndiriladigan vaqtda 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
• tasdiqlangan daromadlar / tushumlarga ega bo‘lishi;
• muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
• qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi;
• 3 nafargacha birgalikda qarz oluvchi jalb etilishiga ruxsat etiladi.
Daromadlarni tasdiqlash
O‘rtacha oylik daromadni hisoblashda kamida so‘nggi 6 oy
davomida olingan quyidagi daromadlar inobatga olinadi:
• ish haqi;
• pensiya to‘lovlari va jamg‘arib boriladigan pensiya badallari;
• bank hisobvaraqlariga tushgan mablag‘lar;
• foizlar, dividendlar va mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
• yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — asosiy hisobvaraqdagi tushumlarning 20 %
(hisobvaraq Bank tizimida bo‘lishi shart).
• Avtomobil garovga qabul qilinmaguniga qadar kredit qaytmaslik xatarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi taqdim etilishi shart.
• Avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng u VIN-kod asosida Bank garoviga qabul qilinadi.
• Garov sug‘urtasi kreditning to‘liq muddatiga rasmiylashtiriladi.
• VIN-kod asosida taqiq o‘rnatilmasdan kredit ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha shartlar
• Kredit faqat yangi avtomobillar — joriy yoki o‘tgan kalendar yilida ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun ajratiladi.
• Avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng belgilangan tartibda Bankka garovga taqdim etilishi lozim.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.