Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1428
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2026, 12:22

Avtokredit - oson va juda qulay!

  • 1427
  • Yangilangan sana: 25 Mar 2026, 12:22
  • 20-22 %
    Foiz stavkasi
  • Yo‘q
    Eng kam miqdori
  • 60 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): kamida 25 %
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 3 oygacha
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): kredit miqdorining 125% dan kam emas
Foiz stavkalari

20 % — kredit muddati 12 oygacha

21 % — kredit muddati 36 oygacha

22 % — kredit muddati 60 oygacha



Hujjatlar
  • Qarz oluvchi uchun


    1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
    2. Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
    3. Avtomobil oldi-sotdi shartnomasi
    4. Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — bank hisobvaraqlari yoki bank kartalariga tushgan tushumlar hisobga olingan hollarda
    5. Zarur hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar



    Birgalikda qarz oluvchi uchun


    1. Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
    2. Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
    3. Zarur hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar


Talablar

  • Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar


    • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi
    • kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi
    • doimiy ish joyiga yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi
    • muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
    • ilgari olingan kreditlar va berilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, biroq qarz oluvchining to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari tekshiriladi
    • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi
    • iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlar bo‘yicha jami asosiy qarz miqdorining o‘rtacha oylik daromadga nisbati 8 barobardan oshmasligi
    • 3 tagacha birgalikda qarz oluvchi jalb qilinishi mumkin



    Qo‘shimcha:


    • Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadi daromadni tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
    • Mavsumiy ishlarda faoliyat yurituvchi qarz oluvchilar uchun oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida olingan daromadlar qabul qilinishi mumkin.


Qo‘shimcha shartlar

Qo‘shimcha talablar


  • kredit birlamchi bozordan yangi avtomobil sotib olish uchun ajratiladi
  • kredit mablag‘lari avtomobil oldi-sotdi shartnomasi asosida sotuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi
  • kredit mablag‘lari bosqichma-bosqich ajratilishi mumkin
  • qolgan kredit mablag‘lari o‘tkazilishidan oldin avtomobil VIN raqami asosida taqiqqa olinishi yoki garovga qo‘yilishi lozim
  • avtomobil ta’minot sifatida rasmiylashtirilmasdan kredit ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan dastlabki avans to‘lovi uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari mustasno
  • avtomobil qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng bank garoviga taqdim qilinishi lozim
  • sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning to‘liq muddatiga tuziladi;
  • avtomobil garovga qabul qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi taqdim qilinishi mumkin
  • avtomobil garovga olingandan so‘ng sug‘urta polisi garov sug‘urtasiga almashtiriladi
  • kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi (LTV) 75 % dan oshmasligi lozim




Kredit bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar:

  • Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari
  • Avtomobil sug‘urtasi xarajatlari



Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar