Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 519
  • Yangilangan sana: 10 Sep 2025, 17:29

“Uy-joy tamiri uchun” kredit mahsuloti

  • 516
  • Yangilangan sana: 10 Sep 2025, 17:29
  • 27%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 10 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 20% dan boshlab
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Bank kartasiga o‘tkazish / Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari
27% 
Hujjatlar

Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.


Talablar

Qarz oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.

Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.

Qo‘shimcha shartlar

Ko‘rsatkichlar

Asosiy shartlar

1

Kredit maqsadi

Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali turar-joydagi kvartirani ta’mirlash, rekonstruksiya qilish uchun.

2

Kredit muddati va imtiyozli davr

10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga (asosiy qarz to‘lovlaridan 6 oygacha imtiyozli davr bilan).

3

Kredit miqdori

Yakka tartibdagi uy-joyni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish uchun

300,0 (uch yuz) mln.so‘mdan oshmagan miqdorda

Ko‘p qavatli turar-joydagi kvartirani ta’mirlash uchun

200,0 (ikki yuz) mln.so‘mdan oshmagan miqdorda

4

Boshlang‘ich badal

Talab qilinmaydi

5

Kredit foizi

Yillik – 27%

6

Ajratish shakli

Oldi-sotdi shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yoki qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan.

Bunda, kredit mablag‘i kamida 2 (ikki) bosqichga bo‘lib ajratiladi. Birinchi bosqichda kredit summsining 80 (sakson) foizidan oshmagan qismi ajratiladi va ajratilgan kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi ta’minlanib, monitoring dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng kreditning qolgan qismi (ikkinchi bosqichi) ajratiladi.

7

Qaytarish usuli

Annuitet yoki Differensial.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Aloqabank
Litsenziya raqami: 48, 22.03.1995
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-65-65
STIR: 200829053
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar