Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Qarz oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.
Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
|
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy shartlar |
|
|
1 |
Kredit maqsadi |
Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali turar-joydagi kvartirani ta’mirlash, rekonstruksiya qilish uchun. |
|
|
2 |
Kredit muddati va imtiyozli davr |
10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga (asosiy qarz to‘lovlaridan 6 oygacha imtiyozli davr bilan). |
|
|
3 |
Kredit miqdori |
Yakka tartibdagi uy-joyni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish uchun |
300,0 (uch yuz) mln.so‘mdan oshmagan miqdorda |
|
Ko‘p qavatli turar-joydagi kvartirani ta’mirlash uchun |
200,0 (ikki yuz) mln.so‘mdan oshmagan miqdorda |
||
|
4 |
Boshlang‘ich badal |
Talab qilinmaydi |
|
|
5 |
Kredit foizi |
Yillik – 27% |
|
|
6 |
Ajratish shakli |
Oldi-sotdi shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yoki qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan. Bunda, kredit mablag‘i kamida 2 (ikki) bosqichga bo‘lib ajratiladi. Birinchi bosqichda kredit summsining 80 (sakson) foizidan oshmagan qismi ajratiladi va ajratilgan kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi ta’minlanib, monitoring dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng kreditning qolgan qismi (ikkinchi bosqichi) ajratiladi. |
|
|
7 |
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
|
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.