Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 4
  • Yangilangan sana: 25 May 2026, 17:08

Ipoteka krediti «Bashkent»

  • 5
  • Yangilangan sana: 25 May 2026, 17:08
  • Yillik 20% dan ...
    Foiz stavkasi
  • 10 000 000 so’m
    Eng kam miqdori
  • 240 oygacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun: - Sotib olinadigan kvartira umumiy qiymatining 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda; - Ipoteka krediti maksimal miqdori Toshkent shahrida 480.0 mln. so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshganda sotib olinadigan kvartira umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun: - Kredit summasidan qat’iy nazar sotib olinadigan kvartira umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda.
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Toshkent shahrida 480,0 mln so‘mgacha, Buxoro shahrida 380,0 mln so‘mgacha 12 oylik imtiyozli davr bilan. Toshkent shahrida 480,0 mln. so‘mdan ortiq, Buxoro shahrida 380,0 mln. so‘mdan ortiq imtiyozli davrsiz.
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): Uy-joy narxining 85 foiz miqdorigacha
Foiz stavkalari
Qurilish jarayonida kreditning foiz stavkasi:
1.Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mgacha, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mgacha bo’lgan qismi uchun: yillik - 20.0%;
2. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshgan qismi uchun: yillik - 25.0%.
Ushbu stavka kreditning to’liq davri uchun amal qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag`lari hisobidan qayta moliyalashtirilgandan so’ng kreditning foiz stavkasi:
1. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mgacha, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mgacha bo’lgan qismi uchun - O’zbekiston Resublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 3%.
Hujjatlar
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, va h.k.);
2. Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan investision shartnoma;
3. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning (mavjud hollarda) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Daromadlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularni tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin;
4. O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
5. Ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
6. Qarz oluvchi tomonidan boshlang’ich badal shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
7. Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
8. Zarur hollarda qo’shimcha hujjatlarlar talab etilishi mumkin.
Talablar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh inobatga olinadi) jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar
Kredit muddati:
1. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mgacha, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mgacha qismi uchun: 12 oy imtiyozli davr bilan, 240 oydan oshmagan muddatga.
2. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshgan qismi uchun: Imtiyozli davrsiz, 180 oydan oshmagan muddatga.
Ushbu shartlar asosida kredit ajratish bo‘yicha qaror qilish vakolati Kreditlarni ma’qullash boshqarmasi Jismoniy shaxslar anderraytingi bo‘limiga beriladi.
Qarz oluvchi dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi lozim. Bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.
Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 2026-yilning 1-dekabriga qadar ipoteka krediti ajratilganda, oxirgi bir yil davomida 90+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi lozim.
O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda, oxirgi uch yil davomida: 30+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 10 tadan, 60+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 5 tadan oshmasligi lozim;
90+ yo‘l qo‘yilmaydi.
MIB joriy qarzdorligi bo’lmasligi.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Asia Alliance Bank
Litsenziya raqami: 79, 25.12.2021
Manzil: 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 2a uy.
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71 231-60-76
STIR: 207018693
E-mail: info@aab.uz
Sayt: www.aab.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar