Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 7
  • Yangilangan sana: 1 Jun 2026, 17:34

“Yangi Toshkent” ipoteka krediti

  • 8
  • Yangilangan sana: 1 Jun 2026, 17:34
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yildan ko‘p ...
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari

Ko‘rsatkichlar

Asosiy shartlar

1

Kredit maqsadi

“VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YANGI TOSHKENT SHAHRINI BARPO ETISH DIREKSIYASI” DM tomonidan Toshkent viloyati, Yangi Toshkent shahri hududida qurilayotgan turar joy majmualaridan ko‘p kvartirali uy-joylardan ulush kiritish asosida xonadon sotib olish uchun.
Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish uchun.

2

Kredit miqdori

1 280,0 mln.so‘mdan oshmagan miqdorda.

Bunda, kredit miqdori 480,0 mln. so‘mdan oshgan taqdirda,
2 ta kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi.

Kreditning 480,0 mln.so‘mi kelgusida, uy-joy qurib bitkazilib, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilganidan hamda kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilganidan so‘ng Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladigan qismidan oshgan qismi bankning o‘z resurs mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi.

3

Kredit muddati 

20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga.

4

Imtiyozli davr

6 oygacha

Hujjatlar

Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.

Talablar

18 yoshga to'lgan 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.

Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.

Qo‘shimcha shartlar

5

Boshlang‘ich badal miqdori

Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma qiymatining 15 (o‘n besh) foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.

Uy-joyni sotib olish uchun zarur bo‘lgan kredit miqdori 

480,0 mln.so‘mdan yuqori bo‘lganda boshlang‘ich badal miqdori 

20 (yigirma) foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Nizomda (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) belgilangan kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi talablariga rioya qilinishi ta’minlanishi lozim.

6

Kredit foizi

Yillik 18 foiz.


Bunda, ushbu foiz stavkasi kreditning 480,0 mln.so‘mdan oshmagan qismi bo‘yicha sotib olinadigan xonadon garovga taqdim qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtirilgan vaqtda Markaziy bankning asosiy stavkasi kredit ajratilgan paytdagi stavkadan pasaygan taqdirda, kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4 foiz stavkaga o‘zgartiriladi.

7

Ajratish shakli

Ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan quruvchi tashkilotning hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

8

Qaytarish usuli

Annuitet yoki Differensial.

9

Kredit ta’minoti

- Ulush kiritish asosida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan sotib olinayotgan xonadon qurib bitkazilib, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng garovga olinadi;
- Qurilayotgan uy-joy garovga olingunga qadar kreditning qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi yoki boshqa likvidli mol-mulk garovi.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Aloqabank
Litsenziya raqami: 48, 22.03.1995
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-65-65
STIR: 200829053
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar