Birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni yoki yakka tartibdagi uy-joylarni sotib olish uchun* |
|||
Kredit muddati va foizi |
10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga |
Asosiy qarz to‘lovlaridan 12 oygacha imtiyozli davr bilan |
Yillik 26% |
15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga |
Asosiy qarz to‘lovlaridan 12 oygacha imtiyozli davr bilan |
Yillik 27% |
Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
a) Ariza;
b) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil)ning pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi);
c) kvartira yoki yakka tartibda uy-joyni sotib olish bo‘yicha shartnoma;
d) Kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.
e) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi. Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
Qarz oluvchi: 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekistonda doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs boʻlgan kafil shaxs)ning daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda oʻrganiladi.
Daromadlari toʻgrisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda oʻrganishning imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari toʻgrisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
Qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Qarz oluvchi oxirgi 6 oydan kamida 5 oyida daromad manbaiga ega boʻlishi lozim.
Kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlarni to‘lash mijozning xohishiga koʻra annuitet yoki differensial usulida Bank va Qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hamda toʻlov grafigi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kredit miqdori |
800,0 million so‘mdan oshmagan miqdorda. |
||
Boshlang‘ich badal miqdori |
Sotib olinadigan uy-joy qiymatining 20 (yigirma) foizidan kam bo‘lmagan miqdorda. |
||
Ajratish shakli |
Uy-joyni sotib olish maqsadida sotuvchi shaxsning bankdagi hisobvarag‘iga (sotuvchi shaxs jismoniy shaxs bo‘lganda sotuvchining nomiga AT “Aloqabank” tomonidan emissiya qilingan bank kartasiga yoki omonat hisobvarag‘iga) pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. |
||
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
*Bunda, kredit mablag‘i yakka tartibdagi uy-joyni sotib olish uchun ajratilgan hollarda ushbu uy-joy Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi shaharlarda yoki Toshkent shahrida joylashgan uy-joy bo‘lishi lozim.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.