Hujjat talab qilinmaydi.
Bunda, Oferta (kredit) shartnomalari onlayn tarzda masofadan turib (mijoz tomonidan “Future Open technology group” MCHJ mobil ilovasi orqali tasdiqlaydi) rasmiylashtiriladi.
Muddatli to‘lov karta mahsuloti masofadan turib rasmiylashtiriladi.
Bunda, mijoz "Open" mobil ilovasi orqali identifikatsiyadan o‘tib, o‘zining shaxsiy sahifasidan tegishli so‘rovlarni bajargan holda isteʼmol tovarlari sotib olish uchun masofadan muddatli to‘lov kartasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.