- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash guvohnomasi va boshqalar);
- O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
- Kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
- Garov qiymatini aniqlash uchun mustaqil baholovchi tashkilotning garovga qo‘yilgan mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobotidan yoki real vaqt rejimida bozor qiymatini aniqlaydigan konsalting kompaniyasining dasturiy ta’minotidan foydalanish mumkin;
- Bankning kredit menejeri (mas’ul xodimlari) tomonidan tuzilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkning fotosuratlari bilan dastlabki monitoring dalolatnomasi;
- Birgalikda qarz oluvchi/kafil ma’lumotlari (zarur hollarda)
Talablar
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs.
Qo‘shimcha shartlar
Bank talablariga javob beradigan mikrokredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda likvidli mol-mulkni garovga qo‘yish.
Bank bilan bog‘liq shaxslarga: Ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda qo‘shimcha ravishda qabul qilinadi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.