Bank o'z mablag'lari hisobidan — 19%
Obligatsiyalar emissiyasi hisobidan — 20%
(Imtiyozli davrsiz. To'lov usuli: bank mablag'i bo'yicha — annuitet; obligatsiya bo'yicha — annuitet yoki differensial.)
Hujjatlar
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning pasportini asl nusxasi (filial xodimi tomonidan pasportdan nusxa olinadi);
- ta’mirlanadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat Reyestridan ko‘chirma nusxasi;
- “Yashil” loyiha maqomini tasdiqlovchi sertifikat;
- baholovchi tashkilotning uy-joy qiymatini baholash hisoboti;
- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan oxirgi 12 oy
mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda–ishlangan davr uchun,
biroq 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda) olgan daromadlari to‘g‘risidagi
ma’lumotnomalari.
Talablar
Qarz oluvchi — 18 yoshga to'lgan va 60 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs).
Muntazam (doimiy) rasmiy daromad manbasiga ega bo'lish (ish haqi, pensiya va nafaqalar hisobga olinadi).
Kreditlanadigan turar-joy — kadastr hujjati mavjud yakka tartibda qurilgan uy-joy (hovli) yoki ko'p qavatli uydagi xonadon.
Oylik sof daromad chegarasi: bank mablag'i hisobidan berilganda 21 million so'mdan oshmasligi lozim (daromad yetmasa, birgalikda qarz oluvchi daromadi bilan jamlanadi); obligatsiya emissiyasi hisobidan berilganda — chegara belgilanmagan.
Ikkinchi ipoteka krediti: bank mablag'i hisobidan — ruxsat etilmaydi; obligatsiya emissiyasi hisobidan — mumkin.
Qo‘shimcha shartlar
Kredit maqsadi: Kredit oluvchining asosiy yashab turgan turar-joyini ta'mirlash uchun. (Tarkibiy o'zgartirishlar (qayta qurish) va uy-joy qurish kiritilmaydi.)
- Ajratiladigan kredit summasining 50 foiziga ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi, qolgan 50 foiz qismi bo'yicha green.uzmrc.uz veb-saytidan tasdiqlangan baholash qo'llaniladi; bunda smeta va smeta ekspertiza xulosasi talab etilmaydi.
- "Yashil" loyiha maqomi green.uzmrc.uz orqali tasdiqlangan baholash asosida belgilanadi.
- Kredit miqdorining turar-joy qiymatiga nisbati: LTV ≤ 75% (turar-joy qiymati sifatida baholangan yoki oldi-sotdi shartnomasidagi qiymatning kichigi qabul qilinadi).
- Sug'urta: ta'mirlanadigan uy-joy bahosidan kam bo'lmagan summaga sug'urta qilinadi.
- Kredit ajratish tartibi: pudrat shartnomasiga asosan pudratchi tashkilotning bankdagi hisobraqamiga yoki qarz oluvchining bank kartasiga o'tkaziladi.
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.