qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning uzluksiz 6 oy davomida xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga yuborgan pul o‘tkazmalari, labor.migration platformasidan ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida maʼlumotnomasi.
Talablar
Rasmiy daromad manbaiga ega fuqarolar;
Yillik ijtimoiy soliq to'lab o'zini o'zi band qilgan fuqarolar;
Mijozga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilmagan yoki Majburiy ijro byurosida ijro ishi qo'zg'atilmagan fuqarolar;
Qarz oluvchi shartnoma tuzilish vaqtida 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan doimiy yashash joyiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Bankning amaldagi skoring talablariga javob beradigan fuqarolar;
Subsidiya xabarnomasiga ega bo'lgan fuqarolarga skoring talablarisiz ajratiladi.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar va kafillar)ning o'rtacha oylik daromadi so'nggi 12 oylik rasmiy daromad manbaini o'rganma holda hisoblanadi. (12 oydan kam ishlagan taqdirda, ishlagan davri uchun, biroq 6 oydan kam bo'lmagan muddatga hisoblanadi);
O'zini o'zi band qilgan fuqarolar uchun joriy yilda oxirgi 12 oylik, 2027-yildan boshlab oxirgi 2 yillik va 2028-yildan boshlab oxirgi 3 yillik davr uchun ijtimoiy soliq to'lagan o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga ipoteka krediti ajratiladi;
Qo‘shimcha shartlar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti.
Qarz oluvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag'lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditidan 2024-yil 1-maydan so'ng foydalangan bo'lsa mazkur ipoteka kreditidan qayta foydalanish huquqiga ega emas.
Boshlang'ich badal olish bo'yicha subsidiya xabarnomasini olgan fuqarolar ipotekani boshlang'ich badalini shakllantirishda o'z mablag'i hisobidan kamida uy-joyning 5%ni shakllantirish lozim.
Ipoteka krediti ta'minotiga olinayotgan uy-joy (ipoteka predmeti) sug'urta xavflaridan sug'urta qilish talab etilmaydi.
Mazkur ipoteka krediti ham Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag'laridan ham bank o'z mablag'lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari uchun qo'llaniladi. Bunda faqat Iqtisodiyot va moliya vazirligi yoki bank o'z mablag'lari hisobidan ajratilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mazkur ipoteka krediti rasmiylashtirishda fuqaroga tizimda 2 ta ariza va 2 ta kredit shartnoma rasmiylashtiriladi biroq, qog'ozda 1 ta kredit shartnoma tuziladi hamda har bir kredit shartlari alohida ko'rsatib o'tiladi, shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag'lari hisobidan ajratiladigan qismiga subsidiya tadbiq etiladi.
Ushbu ipoteka kredit mahsuloti asosida faqat kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan uy-joylardan uy-joy sotib olish uchun ajratiladi.
Agar narx 480 000 000 (to‘rt yuz sakson million) (Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 380 mln so'mgacha) so‘mdan oshsa, bank o‘z mablag‘lari hisobidan 900 000 000 (to‘qqiz yuz million) so‘mgacha yiliga 25% stavka bilan, 120 (yuz yigirma) oygacha muddatga ajratish huquqiga ega.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan – 240 oydan oshmagan muddatga;
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan – 120 oydan oshmagan muddatga;
Kredit kalkulyatori
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.