Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 6
  • Yangilangan sana: 25 May 2026, 14:57

Mahalla tadbirkori mikroqarz

  • 7
  • Yangilangan sana: 25 May 2026, 14:57
  • 25 %
    Foiz stavkasi
  • 30 mln so‘m
    Eng kam miqdori
  • 5 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 60 oygacha
  • Ajratish shakli: bank kartasiga o‘tkazish / ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 133,3%gacha
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari
— yillik 25%
— “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida foiz xarajatlarining bir qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilinishi mumkin
Hujjatlar

— pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
— daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (bankning elektron tizimlari orqali olinishi mumkin)
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja
— ta’minot bo‘yicha hujjatlar
— o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi hujjat
— ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (belgilangan hollarda)
— avtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi (avtotransport vositasi sotib olinganda)
— oilakredit.uz platformasi orqali yuborilgan ariza (zarur hollarda)

Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

Talablar
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
— murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi (shu jumladan);
— davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
— “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida kredit rasmiylashtirilganda ariza oilakredit.uz platformasi orqali yuborilishi;
— mikrokredit va hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan biznes-rejaga ega bo‘lishi;
— avval olingan kreditlar va mikrokreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.





Qo‘shimcha

— oxirgi 24 oy uchun kredit tarixi majburiy tarzda o‘rganiladi;
— oxirgi 24 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holati 2 martadan ortiq mavjud bo‘lsa, mikrokredit ajratish rad etiladi;
— qarz yuklamasi ko‘rsatkichi (PDN) 50%dan oshmasligi kerak;
— foiz xarajatlarining bir qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan belgilangan tartibda kompensatsiya qilinishi mumkin;
— kompensatsiya rad etilganda foiz to‘lovlari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
— joriy qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng mikrokreditdan qayta foydalanishga ruxsat etiladi.




Qo‘shimcha shartlar

Mikroqarz maqsadi

• tadbirkorlik faoliyatini yuritish;
• yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasini xarid qilish.


Mikroqarz muddati

• 36 oygacha;
• 60 oygacha — avtotransport vositasini xarid qilish uchun.


Imtiyozli davr

• 3 oygacha;
• 6 oygacha — avtotransport vositasini xarid qilishda.


Mikroqarz ta’minoti

Tadbirkorlik faoliyati uchun:

• jismoniy shaxslar kafilligi (2 nafargacha);
• kredit qaytmasligi xatari bo‘yicha sug‘urta polisi.

Avtotransport vositasi xarid qilinganda:

• xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garovi.


Ta’minotga qo‘yiladigan talablar

• mikroqarz summasining kamida 125%i;
• avtotransport vositasi xarid qilinganda — kamida 133,3%i.


Qo‘shimcha shartlar

• “Mahalla loyihasi” dasturi doirasidagi arizalar oilakredit.uz platformasi orqali yuboriladi;
• kompensatsiyadan foydalanish uchun qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lishi lozim;
• kompensatsiya rad etilganda kredit foizlari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda to‘lanadi;
• joriy qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng mikroqarzdan qayta foydalanish mumkin.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar