- Qarz oluvchi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs).
- Yoshi: kredit olish vaqtida 18 yoshga to‘lgan va kredit muddati tugaguniga qadar 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
- Birgalikda qarz oluvchi: doimiy daromadga ega qarzdorlarni jalb qilish mumkin.
- Boshlang‘ich badal: ajratiladigan kreditning 15% miqdorida.
- Ta’mirlanadigan/rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki qurish uchun yer uchastkasi qarz oluvchining o‘ziga yoki u bilan birga yashovchi yaqin qarindoshlaridan biriga tegishli bo‘lishi va qarz oluvchi shu manzilda kamida 6 oy doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi lozim.
- Qarz oluvchi ilgari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasidagi kreditlar va subsidiyalardan foydalanmagan bo‘lishi lozim.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.