Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 5132
  • Yangilangan sana: 27 Mar 2026, 17:56

"Farovon" ipoteka krediti

  • 5133
  • Yangilangan sana: 27 Mar 2026, 17:56
  • 17%
    Foiz stavkasi
  • 1 mln. so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%-20%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125%
Foiz stavkalari
  • 1) Doimiy daromadga ega shaxslar uchun;
  •     Boshlang'ich to'lov - 15%
  •     Yillik foiz stavkasi - 17%


  • 2) Rasmiy va/yoki doimiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar;
  •     Boshlang'ich to'lov - 20%
  •     Yillik foiz stavkasi - 17%

Hujjatlar

1) Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Pasport (ID kartasi), oldi-sotdi shartnomasi
  • Ta’minot hujjatlari
  • Kadastr hujjatlari
  • Agar mavjud bo‘lsa subsidiya xabarnomasi
  • Shuningdek migrantlar uchun “labor.migration” platformasidan ro‘yxatdan o‘tganlik va pul o‘tkazmalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) Yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya) va ta’mirlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami:
  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning pasporti (ID kartasi)
  • Mahalla yettiligi tavsiyanomasi
  • Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma
  • Yer uchastkasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat
  • Smeta va ekspertiza hujjatlari
  • Garov baholash hisoboti
  • Subsidiya xabarnomasi;

Talablar

1) Qarz oluvchining yoshi bo‘yicha talab: Murojaat qilingan kunda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; 

2) Qaror qabul qiluvchi bank tuzilmasi: 
  • Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun avtomatik qaror qabul qilish (skoring tizimi) orqali qaror qabul qilinadi.
  • Qarzdor (birgalikda qarz oluvchi)ning oylik daromadlari FJBPTT bazasidan aniqlanmaganda hamda ma’lumotlar qo‘lda kiritilganda anderrayterlar guruhi hal qiluvchi qarorni qabul qiladi.
  • Yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya) va ta’mirlash uchun anderrayterlar guruhi hal qiluvchi qarorni qabul qiladi;  
3) Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar:
  • Oxirgi 24 oy davomida 4 martagacha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi va/yoki oxirgi 6 oyda 1 marta 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda kredit ajratilmaydi.
  • Qarz oluvchining o‘rtacha daromadi bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobaridan oshgan hamda qarz yuki 50 foizdan oshmagan taqdirda, kredit tarixidan qat’i nazar ipoteka krediti ajratilishiga ruxsat etiladi;
4) Ta’minot:
  • Sotib olinayotgan yoki yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya) va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan uy-joy kredit ta’minoti sifatida garovga olinadi;

Qo‘shimcha shartlar
  • 1) Kvartiralar sotib olish uchun kreditlar ajratish miqdori:               
          Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar uchun 380 000 000 so'mgacha;
          Toshkent shahri uchun 480 000 000 so'mgacha;
  • 2) Yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun — 120 mln so‘mgacha
  • 3) Alohida shart:
  •  Boshlang‘ich badal miqdori uy-joy qiymatining kamida 20 foizi va undan yuqori bo‘lganda mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi hamda “labor.migration” platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan va kamida 6 oy davomida xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga muntazam pul o‘tkazmalariga ega bo‘lgan migrantlar (ularning oila a’zolari — ota-ona, aka-uka, opa-singil, turmush o‘rtoq va farzandlar), bank karta aylanmasiga ega shaxslar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan qarz oluvchilar uchun rasmiy daromad talab etilmaydi.
  • Toshkent shahrida joylashgan uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal uy-joy qiymatining kamida 15 foizi va undan yuqori bo‘lganda mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi hamda migrantlar, bank karta aylanmasiga ega shaxslar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga kredit ajratilganda rasmiy daromad va birgalikda qarz oluvchi talab etilmaydi.
  • Subsidiyali, yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya) va ta’mirlash uchun ajratiladigan kreditlarga nisbatan yuqoridagi shartlar tatbiq etilmaydi va ushbu shartlar asosida kredit ajratilmaydi;

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Xalq banki
Litsenziya raqami: 25, 21.10.1993
Manzil: 100096, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 46-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 1106
STIR: 207215726
E-mail: info@xb.uz
Sayt: www.xb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar