Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 131
  • Yangilangan sana: 30 Oct 2026, 11:58

«Mahalla ishbilarmoni» mikrokrediti

  • 132
  • Yangilangan sana: 30 Oct 2026, 11:58
  • 21 %
    Foiz stavkasi
  • 2 mln so‘m
    Eng kam miqdori
  • 7 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 3 oygacha.
  • Ajratish shakli: bank kartasiga o‘tkazish / ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: Mikrokredit miqdorining kamida 125 foizi.
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: bank ofisi
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi

Yillik 21%.

Hujjatlar

Talab etiladigan hujjatlar

Qarz oluvchi uchun

  • pasport yoki ID-karta;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • oxirgi 12 oy uchun ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja;
  • mikroqarz ta’minotiga oid hujjatlar;
  • mol-mulk garovga taqdim etilganda — mustaqil baholash tashkilotining hisoboti;
  • zarur hollarda — oilakredit.uz platformasi orqali yuborilgan ariza;
  • zarur hollarda chorvachilik va tuyachilik uchun naslli chorva mollarini oldi-sotdi qilish shartnomasi;
  • hududiy, tuman yoki shahar shtabining tavsiyasi yoxud qarori.

Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga haqli.

Kafil uchun

  • pasport yoki ID-karta;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Kafil harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda harbiy guvohnoma orqali vizual identifikatsiya amalga oshiriladi.

Talablar

Asosiy talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

  • soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

  • SQBning tegishli bo‘linmasiga biriktirilgan hududda faoliyat yuritishi;

  • ijtimoiy soliqni to‘lagan bo‘lishi;

  • asosiy qarz va foizlarni to‘lash uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-rejaga ega bo‘lishi;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi;

  • kreditlar va mikrokreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Qarz oluvchining to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lsa, amaldagi kreditlar, mikrokreditlar va taqdim etilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Daromadni tasdiqlash

O‘rtacha oylik daromadni aniqlashda quyidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin:

  • oxirgi 6 oy uchun hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • pensiya miqdori va jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yillik daromad deklaratsiyasi;

  • oxirgi 6 oy davomida bank hisobvaraqlari va kartalariga kelib tushgan mablag‘lar;

  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromad manbalari.

Mavsumiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun oxirgi 6 oy davomida kamida 3 oyda olingan daromadlar hisobga olinishi mumkin.

Daromad soliqlar chegirib tashlanganidan keyin hisoblanadi.

Kafilga qo‘yiladigan talablar

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

  • doimiy ish joyi va yetarli miqdorda tasdiqlangan daromadga ega bo‘lishi;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi;

  • muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Kafil tomonidan o‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olinadigan daromad sifatida mustaqil ravishda ko‘rsatilgan daromad hisobga olinmaydi.

Qo‘shimcha shartlar

Kredit maqsadi:

  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;
  • chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan sertifikatlangan naslli chorva mollarini xarid qilish va tuyachilikni rivojlantirish.

Valyuta:
Milliy valyuta — so‘m.

Mikroqarz summasi:

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun — 50 mln so‘mgacha;
  • mahallaning ixtisoslashuvi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun, hududiy, tuman yoki shahar shtabining tavsiyasi yoxud qarori asosida — 100 mln so‘mgacha;
  • chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan sertifikatlangan naslli chorva mollarini xarid qilish va tuyachilikni rivojlantirish uchun — 100 mln so‘mgacha.

Mikroqarz summasini belgilashda qarz oluvchining kredit tashkilotlaridagi barcha amaldagi mikroqarzlari bo‘yicha qoldiqlar hisobga olinadi.

Boshlang‘ich badal:
Talab etilmaydi.

Mikroqarz muddati:
7 yilgacha.

Imtiyozli davr:
Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha — 3 oygacha.

Foiz stavkasi:
Yillik 21%.

Foiz stavkasining bir qismini kompensatsiya qilish:

  • mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha — 4 foiz bandi;
  • qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat yaratishga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha — 6 foiz bandi.

Kompensatsiya olish uchun ariza oilakredit.uz platformasi orqali yuboriladi. Kompensatsiya berish rad etilgan taqdirda, foizlar qarz oluvchi tomonidan to‘liq to‘lanadi.

To‘lov usuli:

  • annuitet;
  • differensial.

Mikroqarz ta’minoti:
Mikroqarz summasining kamida 125 foizi miqdorida:

  • ikki nafardan ko‘p bo‘lmagan jismoniy shaxslarning kafilligi;
  • mikroqarzni qaytarmaslik xatarini sug‘urtalash polisi;
  • ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;
  • ko‘chmas mulk.

Turar joy obyekti garovga qo‘yilganda, unda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar bo‘lmasligi lozim.

Mablag‘larni ajratish shakli:

  • qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazish;
  • naslli chorva mollarini xarid qilish va tuyachilikni rivojlantirish uchun — yetkazib beruvchining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar