Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 1235
  • Yangilangan sana: 11 Feb 2026, 09:31

Ipoteka krediti-Iqtisodiyot va Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan

  • 1236
  • Yangilangan sana: 11 Feb 2026, 09:31
  • 17%
    Foiz stavkasi
  • 5 000 000 so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 17,5%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari
17%
Hujjatlar

Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

a) Ariza;

b) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil)ning pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi);

d) Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha shartnoma;

e) Subsidiya xabarnomasi (Subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy xulosaga ega bo‘lgan shaxslar uchun);

f) kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.

Daromadlari to‘grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘grisida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.

Talablar

Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim:

a)     Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

b)     Qarz oluvchi rasmiy ish haqi ko‘rinishidagi daromadlar, shu jumladan, doktorantura davridagi to‘lanadigan to‘lovlar, pensiya ko‘rinishidagi daromadlar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarning bank hisobvarag‘iga tushgan tushumning 50 foizi miqdoridagi daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi lozim.

d)     Qarz oluvchi rasmiy ish haqi ko‘rinishidagi daromadga ega bo‘lmasa, quyidagi ko‘rinishidagi daromadlarga ega bo‘lishi lozim:

- mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlar,

- bank kartasi aylanmasi

- ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.

e)     Qarz oluvchiga ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi va kredit tarixi salbiy bo‘lmasligi lozim.

Qo‘shimcha shartlar

Kredit shartlari

Birlamchi bozordan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun*

Kredit foizi

17%

Kredit miqdori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda - 330,0 mln. so‘mgacha

Toshkent shahrida - 420,0 mln. so‘mgacha

Kredit muddati

240 oygacha (6 oygacha imtiyozli davr bilan)

Kredit ta'minoti:

Sotib olinayotgan uy-joy garovi
(Kredit siyosatidan kelib chiqib qo‘shimcha ravishda
boshqa mol-mulk yoki kafillik olinishi mumkin)

Qaytarish usuli

Annuitet yoki Differensial.

Ipoteka krediti mehnat migrantlariga ajratilayotgan hollarda, mehnat migrantlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining mehnat migratsiyasi dasturiy majmualarida (“Labor-migration” yoki “Xorijda ish”) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda kamida olti oy davomida O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro pul o‘kazish tizimlari orqali pul o‘kazmalarini yuborgan bo‘lishi lozim.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Aloqabank
Litsenziya raqami: 48, 22.03.1995
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-65-65
STIR: 200829053
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar