Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 77
  • Yangilangan sana: 27 Nov 2024, 10:07

Ipoteka – Ulushdor

  • 78
  • Yangilangan sana: 27 Nov 2024, 10:07
  • 25,9%
    Foiz stavkasi
  • 0
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125 %
Foiz stavkalari
Ish haqi loyihasi doirasida 25% 

Standart - 25,9%
Hujjatlar

Fuqarolik pasporti yoki ID-karta;

Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

Rasmiy manbalardan (my.gov.uz) mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda mijoz tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (biroq uzluksiz olti oydan kam bo‘lmagan muddatda) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida ko‘chirma;

Ulush kiritish uchun mablag’ jalb qilish bo’yicha pudrat tashkiloti bilan tuzilgan va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi orqali hisobga qo’yilgan shartnoma nusxasi;

Mehnat migranti uchun - «labor-migration» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (labor-migration elektron dasturidan foydalanish imkoni bo’lmagan hollarda);

Mehnat migranti uchun - oxirgi 6 oy davomida uning oila a’zolari (yaqin qarindoshlari) nomiga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma (elektron dasturdan yoki tegishli internet saytidan ma’lumot olish imkoni bo’lmagan hollarda);

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun - oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Talablar

- murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo’lishi;

- ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishi;

- ipoteka krediti olish uchun uy-joy qiymatining belgilangan me’yorlarda boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar;

- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan olingan joriy kredit/mikroqarzlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar;

- qarz oluvchi Dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo’lishi. Bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.



Qo‘shimcha shartlar
O‘zini-o‘zi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatidan oʻtganlar uchun minimal boshlangʻich badal miqdori  kvartira umumiy qiymatining 40%dan kam bo’lmasligi lozim. 

1. Qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joy 4 va undan yuqori qavatli, 1-qavati bitgan bo‘lishi;

2. Uy-joy foydalanishga topshirilib, garovga qo‘yiladigan kvartiraga bo‘lgan huquq yuzaga kelguncha bo‘lgan muddatgacha garov ob’ekti sug‘urta qilinish lozim;

3. Ushbu kredit mahsuloti ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya oluvchi fuqarolarga tadbiq etilmaydi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’ekt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida ko‘chirma

 5. Barpo etiladigan qurilish majmuasi bo‘yicha “Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxati”ga kiritilganligi bo‘yicha ma’lumotnoma.

6. Ulush kiritish asosida qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joyning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reestridan ko‘chirma;

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Biznesni rivojlantirish banki
Litsenziya raqami: 77, 30.04.2009
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 78-150-10-01
STIR: 206916313
Sayt: www.brb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar