19 % (o‘zgarmas)
Pasport yoki ID-karta.
Daromadlar to‘g‘risidagi hujjatlar / elektron ma’lumotlar
(shu jumladan davlat va bank axborot tizimlaridan).
Turar joyning kadastr hujjati va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ta’mirlash ishlari rejasi va tasdiqlangan smeta
(tegishli litsenziyaga ega smeta tuzuvchi tashkilot tomonidan).
Turar joyning bozor qiymati bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Pudrat tashkiloti bilan va/yoki qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yoki savdo do‘koni bilan tuzilgan shartnoma
(zarur hollarda, jumladan green.uzmrc.uz saytida ko‘rsatilgan tovarlar bo‘yicha).
“Yashil loyiha” sertifikati
(loyihaning kamida 50 % qismi bo‘yicha, green.uzmrc.uz saytida tasdiqlangan).
Qonunchilikka muvofiq bank tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Doimiy va hujjatlar bilan tasdiqlangan daromadga ega bo‘lishi
(ish haqi, tadbirkorlik faoliyati daromadi, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligi daromadi, ijara, dividendlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar).
Oylik jami daromad — 21 mln so‘mdan oshmasligi.
Amaldagi ipoteka kreditlari mavjud bo‘lmasligi.
90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.
Kredit maqsadi:
ekologik va energiya tejamkor yechimlardan foydalangan holda turar joyni ta’mirlash
Yillik foiz stavkasi:
19 % (o‘zgarmas)
Maksimal kredit summasi:
170 mln so‘m
To'lov jadvali:
annuitet
Kredit muddati:
10 yil
Imtiyozli davr:
nazarda tutilmagan
Kredit ta'minoti:
ipoteka hisobidan ta’mirlanadigan turar joy
Kredit berish usuli:
kredit mablag‘lari naqd pulsiz shaklda quyidagilarga o‘tkaziladi:
pudrat tashkilotining hisobvarag‘iga;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yoki savdo do‘konining hisobvarag‘iga;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar (ishchilar) nomiga ochilgan bank kartalariga — ish haqi to‘lovi uchun.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Kredit mablag‘lari bosqichma-bosqich ajratiladi:
birinchi bosqichda — kredit summasining 50 % gacha;
ikkinchi bosqichda — bajarilgan ta’mirlash ishlari tasdiqlangandan so‘ng 100 % gacha.
Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.