Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 589
  • Yangilangan sana: 15 Jun 2023, 15:34

Ipoteka krediti

  • 590
  • Yangilangan sana: 15 Jun 2023, 15:34
  • 18%
    Foiz stavkasi
  • 50 mln. so'm
    Eng kam miqdori
  • 20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): 15%
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: 6 oy
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): -
Foiz stavkalari

Yillik foiz stavkasi: 

Viloyatlarda:

  • Yillik 18% (15% lik boshlang'ich badal uchun);

  • Yillik 17,5% (30% lik boshlang'ich badal uchun);

  • Yillik 16.5% (50% lik boshlang'ich badal uchun).

Toshkent shahrida:

  • Yillik 18% (15% lik boshlang'ich badal uchun);

  • Yillik 17,5% (30% lik boshlang'ich badal uchun).

Hujjatlar
1) ID karta yoki pasport va pasport oʼrnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;

2) Daromadlari toʼgʼrisidagi hujjatlar/elektron maʼlumotlar;

3) Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga boʼlgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;

4) Uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjati;

5) Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish/qurilish mahsulotlari sotib olish/oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgan yollanma ishchilar bilan tuzilgan shartnoma (loyiha-smeta hujjatlarida koʼrsatilgan qiymatdan oshmagan miqdorda);
qonunchilikda koʼrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
 
Talablar
  • Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlishi;
  • qarz yuki koʼrsatkichi (ipoteka krediti boʼyicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori boʼlmasligi;
  • kredit ajratishni koʼrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmasligi;
  • yakka tartibdagi uy-joyqurish (qayta qurish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʼlishi.
 
Qo‘shimcha shartlar
– ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;

  – ipoteka krediti boʼyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʼlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʼlgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʼjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʼlishi;

  – qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovlari, yaʼni qarz yuki koʼrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʼrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʼlmasligi;

   – ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʼrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.
Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
Mikrokreditbank
Litsenziya raqami: 37, 13.05.2006
Manzil: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-273-04-40
STIR: 200547792
E-mail: -
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar