Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 171
  • Yangilangan sana: 22 Oct 2026, 11:58

«Istiqlol» onlayn mikroqarzi

  • 172
  • Yangilangan sana: 22 Oct 2026, 11:58
  • 21 % dan
    Foiz stavkasi
  • 2 mln so‘m
    Eng kam miqdori
  • 3 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal: -
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: bank kartasiga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi: 130 %
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: garov / uchinchi shaxslarning kafilligi / sug‘urta polisi
  • Rasmiylashtirish usuli: mobil ilova
Foiz stavkalari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi va bank tashkil etilganining 104 yilligi munosabati bilan «Yangicha onlayn mikroqarz» mahsuloti doirasidagi maxsus taklif.

Rasmiy daromadga ega fuqarolar uchun

21% yillik stavka
Mikroqarz muddati — 6 oygacha.

22% yillik stavka
Mikroqarz muddati — 12 oygacha.

23% yillik stavka
Mikroqarz muddati — 24 oygacha.

24% yillik stavka
Mikroqarz muddati — 36 oygacha.

Boshqa shartlar amaldagi «Yangicha onlayn mikroqarz» mahsuloti shartlariga muvofiq belgilanadi.

Hujjatlar

SQB Mobile mobil ilovasi orqali ariza topshirish uchun hujjatlar talab etilmaydi.

Jismoniy shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi tanlangan taqdirda, ta’minotni rasmiylashtirish uchun mijoz tanlangan bank bo‘linmasiga murojaat qilishi lozim.

Talablar

SQB Mobile ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirilganda

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • mikroqarz olish uchun murojaat qilingan sanada yosh 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lishi;
  • doimiy ish haqi yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi. Ushbu daromad mikroqarz bo‘yicha foizlar va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli bo‘lishi lozim;
  • o‘rtacha oylik daromadni aniqlashda ish haqi, pensiya miqdori va fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi;
  • ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mehnat ta’tili davri bundan mustasno, 6 uzluksiz oyni qamrab olishi lozim;
  • qarz oluvchining daromadlari soliqlar chegirib tashlanganidan keyin hisobga olinadi;
  • qarz oluvchining daromadlarini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, mazkur mahsulot bo‘yicha mikroqarz ajratilmaydi;
  • avval olingan kreditlar va berilgan kafilliklar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda mijozning to‘lovga qobiliyati tekshiriladi;
  • joriy muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilmaydi;
  • oxirgi 24 oyda ajratilgan kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi;
  • agar oxirgi 24 oy davomida qarz oluvchining avval to‘liq so‘ndirilgan yoki amaldagi kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan bo‘lsa, mikroqarz ajratish rad etiladi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim.
Qo‘shimcha shartlar


Mikroqarzning maqsadi

Har qanday maqsadlar uchun.

Mikroqarz miqdori

2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha.

Qarz oluvchining boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha mikroqarzlari qoldig‘i hisobga olinganda, mikroqarzlarning umumiy miqdori 100 mln so‘mdan oshmasligi lozim.

Mikroqarz muddati

36 oygacha.

Mikroqarz valyutasi

Milliy valyuta — so‘m.

Foiz stavkasi turi

Qat’iy belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi o‘zgarganda mikroqarz bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

To‘lov jadvali

Annuitet yoki differensial.

To‘lovlar davriyligi

Har oyda.

Imtiyozli davr

Ko‘zda tutilmagan.

Mikroqarz ta’minoti

  • kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urtalash polisi;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • mol-mulk garovi.

Uchinchi shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi tanlangan hamda skoringdan muvaffaqiyatli o‘tilgan taqdirda, ta’minot bank bo‘linmasida rasmiylashtiriladi.

Ta’minot miqdori

Mikroqarz miqdorining kamida 130 foizi.

Sug‘urta polisining muddati

Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi mikroqarzning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi.

Mikroqarzni rasmiylashtirish

Mikroqarz hujjatlar taqdim etilmagan holda, SQB Mobile mobil ilovasi orqali masofadan rasmiylashtiriladi.

Uchinchi shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi tanlangan taqdirda, ta’minotni rasmiylashtirish uchun mijoz tanlangan bank bo‘linmasiga murojaat qilishi lozim.

Mikroqarzni ajratish shakli

Mablag‘lar qarz oluvchining SQB Mobile mobil ilovasi orqali boshqariladigan hisobvarag‘iga yoki «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda ochilgan bank kartasiga o‘tkaziladi.

Sug‘urta mukofotini to‘lash

  • mijozning mobil ilovadagi akkauntiga biriktirilgan kartasidan;

  • kredit mablag‘lari hisobidan sug‘urta kompaniyasining hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali.

Garov sifatida qabul qilinadigan mol-mulk

  • ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;

  • ko‘chmas mulk;

  • mikroqarz 12 oygacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirilganda, doimiy ro‘yxatda turuvchi shaxslar mavjud bo‘lmagan turar joy garov sifatida qabul qilinishi mumkin;

  • garovga qo‘yiladigan mol-mulkka nisbatan taqiq yoki xatlov qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar