Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 5
  • Yangilangan sana: 21 Sep 2026, 17:57

«Balansdagi turar joy» ipotekasi

  • 6
  • Yangilangan sana: 21 Sep 2026, 17:57
  • 14 %
    Foiz stavkasi
  • Belgilanmagan.
    Eng kam miqdori
  • 15 yilgacha
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 20 foizi.
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud
  • Imtiyoz davrining muddati: Differensial grafik bo‘yicha 12 oygacha (mijoz xohishiga ko‘ra)
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 125 %dan
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy)
Foiz stavkalari

Foiz stavkasi

Yillik 14%.

Foiz stavkasi turi

Qat’iy belgilangan.

Hujjatlar


Qarz oluvchi uchun

  1. shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi — hujjatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali raqamli shaklda taqdim etishga ruxsat etiladi;

  2. daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki daromadlar haqidagi elektron ma’lumotlar — Bank tomonidan tegishli axborot tizimi orqali olinishi mumkin;

  3. zarur hollarda — davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  4. auksionda g‘olib bo‘lganlik va tegishli to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma;

  5. Bank bilan tuzilgan turar joy obyektining oldi-sotdi shartnomasi;

  6. turar joy obyektiga oid kadastr hujjatlari va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

  7. kredit ta’minotiga oid hujjatlar.

Harbiy xizmatchi harbiy guvohnomani taqdim etgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda pasport nusxasi talab etiladi.

Birgalikda qarz oluvchi uchun

  1. shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi — hujjatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali raqamli shaklda taqdim etishga ruxsat etiladi;

  2. daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki daromadlar haqidagi elektron ma’lumotlar — Bank tomonidan tegishli axborot tizimi orqali olinishi mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish jarayonida Bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Talablar

Asosiy qarz oluvchi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

  • doimiy ish joyi, tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi yoki qonunchilikda taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi. Daromad foizlar va asosiy qarzni har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lishi lozim;

  • amaldagi kreditlar, mikroqarzlar, mikrokreditlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

  • turar joy obyekti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi boshlang‘ich badalni shakllantirish uchun mablag‘ga ega bo‘lishi;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi;

  • yangi kredit bo‘yicha to‘lov qobiliyati saqlanib qolgan taqdirda, amaldagi kreditlar va ilgari taqdim etilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi;

  • kreditlar, mikrokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi oxirgi 24 oy uchun o‘rganiladi;

  • ilgari to‘liq so‘ndirilgan yoki amaldagi kreditlar bo‘yicha oxirgi 24 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikning kamida bitta holati aniqlansa, kredit ajratilmaydi.

Daromadni tasdiqlash

O‘rtacha oylik daromadni hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • mehnat ta’tili davri bundan mustasno, uzluksiz 6 oy uchun hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya;

  • uzluksiz 6 oy davomida bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar;

  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromadlar.

Daromadlar soliqlar chegirib tashlanganidan keyin hisobga olinadi.

Mavsumiy ishlarni bajaruvchi qarz oluvchilar uchun oxirgi 6 oy davomida ketma-ket kamida 3 oyda olingan daromadlarni hisobga olishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadi birgalikda qarz oluvchining daromadini hisoblashda inobatga olinmaydi.

Birgalikda qarz oluvchilar

5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi.

  • birgalikda qarz oluvchilarga fuqarolik, yosh, daromad, qarz yuki hamda joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi bo‘yicha talablar qo‘llaniladi;

  • birgalikda qarz oluvchilarning kreditlar, mikrokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi oxirgi 24 oy uchun o‘rganiladi;

  • birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;

  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadi birgalikda qarz oluvchining daromadi sifatida inobatga olinmaydi.

Qo‘shimcha shartlar


Kredit maqsadi

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB balansidagi turar joy obyektlarini auksion orqali sotib olish.

Valyuta

Milliy valyuta — so‘m.

Kreditning maksimal miqdori

1,5 mlrd so‘mgacha.

Boshlang‘ich badal

Sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 20 foizi.

Kredit muddati

15 yilgacha.

Foiz stavkasi

Yillik 14%.

Foiz stavkasi turi

Qat’iy belgilangan.

Imtiyozli davr

Differensial to‘lov jadvali tanlanganda — 12 oygacha.

To‘lov jadvali

Annuitet yoki differensial.

Uy-joyni sotib olish tartibi

Turar joy obyekti auksion orqali sotib olinadi. Kredit mablag‘lari auksion yakunlari bo‘yicha Bank bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq o‘tkaziladi.

Kredit ta’minoti

Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan turar joy obyekti Bankka garovga qo‘yiladi.

  • kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati (LTV) — 80 foizdan oshmasligi lozim;

  • ta’minot qiymati — kredit miqdorining kamida 125 foizi;

  • Bankka aloqador shaxslar uchun — kredit miqdorining kamida 130 foizi.

Bankka aloqador shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minotning yetishmagan qismi uchun kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urtalash polisi taqdim etilishi mumkin.

Garovni sug‘urtalash

Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning butun muddati uchun rasmiylashtiriladi.

Qo‘shimcha shartlar

  • kredit Bank balansidagi turar joy obyektlarini auksion orqali sotib olish uchun ajratiladi;

  • anderrayterning ijobiy qaroridan so‘ng boshlang‘ich badal milliy valyutadagi «Kafolat-3» jamg‘arma omonatiga joylashtiriladi;

  • kredit boshlang‘ich badal Bank hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan so‘ng ajratiladi;

  • qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim.

Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar