Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali
  • 15
  • Yangilangan sana: 5 Oct 2026, 17:43

«Refinance» ipoteka

  • 16
  • Yangilangan sana: 5 Oct 2026, 17:43
  • 21,5 % dan bosh...
    Foiz stavkasi
  • Belgilanmagan.
    Eng kam miqdori
  • 15/20 yil
    Muddati
  • Boshlang‘ich badal (mulk qiymatidan): Belgilanmagan
  • Oraliq to'lovlarning davriyligi: Har oy
  • Imtiyoz davrining mavjudligi: mavjud emas
  • Imtiyoz davrining muddati: -
  • Ajratish shakli: Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
  • Ta'minotning mavjudligi: mavjud
  • Ta'minot summasi (mulk qiymatidan): 80 %dan
  • So‘ndirish usuli: Differensial / Annuitet
  • Ta'minot turi: mulkni garovga qo‘yish (sotib olinayotgan uy-joy) / sug‘urta polisi
Foiz stavkalari

21,5%

Kredit muddati: 15 yilgacha

Foiz stavkasi: o‘zgarmas

Imtiyozli davr: nazarda tutilmagan



22%

Kredit muddati: 20 yilgacha

Foiz stavkasi: o‘zgarmas

Imtiyozli davr: nazarda tutilmagan






Hujjatlar
Ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish uchun hujjatlar:

  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • dastlabki bankdan olingan ipoteka krediti shartnomasi nusxasi;

  • dastlabki garov shartnomasi nusxasi;

  • turar joyning kadastr hujjatlari;

  • dastlabki bank tomonidan tasdiqlangan qarz qoldig‘i va to‘lov rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • turar joyning real bozor qiymati bo‘yicha mustaqil baholash tashkilotining hisoboti.

Dastlabki bankning turar joyni navbatdagi garovga qo‘yishga rasmiy roziligi va yon berish shartnomasi ham talab etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.




Agar turar joy birlamchi bozordan xarid qilingan bo‘lsa:

Turar joyning real bozor qiymati “E-baholash” elektron dasturining “Real time” moduli orqali baholanadi.




Agar turar joy ikkilamchi bozordan xarid qilingan bo‘lsa:

Turar joyning real bozor qiymati “E-baholash” elektron dasturining “Ekspert-2” moduli orqali baholanadi. Baholash hisoboti taqdim etilishi lozim.




Agar birgalikda qarz oluvchilar bo‘lsa:

  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • 5 nafargacha birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin.

Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin. Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.




Talablar
Asosiy talablar

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  • ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish uchun murojaat qilgan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

  • kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli, hujjatlar bilan tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi. Ish haqi bo‘yicha oxirgi 6 oylik uzluksiz daromad, pensiya va jamg‘arib boriladigan pensiya badallari haqidagi ma’lumotlar inobatga olinadi. Daromadlar soliqlar chegirib tashlangan holda hisoblanadi;

  • joriy muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi. Qayta moliyalashtirilayotgan kredit bo‘yicha to‘lovlar qarz yukini hisoblashda inobatga olinmaydi;

  • oxirgi 12 oyda ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi. Oxirgi 12 oy ichida joriy yoki to‘liq so‘ndirilgan kreditlar bo‘yicha 90 kundan ortiq kechikish aniqlansa, kredit ajratish rad etiladi;

  • qayta moliyalashtirilayotgan kredit bo‘yicha oxirgi 6 oy ichida 60 kundan ortiq kechikish bo‘lgan bo‘lsa, kreditni qayta moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Birgalikda qarz oluvchilar:

  • 5 nafargacha birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin;

  • birgalikda qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, murojaat qilgan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim;

  • birgalikda qarz oluvchining amaldagi kreditlari, mikrokreditlari, mikroqarzlari, lizing va boshqa majburiyatlari bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi kerak;

  • birgalikda qarz oluvchilarning oxirgi 24 oyda ajratilgan kredit, mikrokredit va mikroqarzlari bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi.

Boshlang‘ich badal talab etilmaydi. Biroq kreditning garovga nisbati (LTV) 80%dan oshmasligi lozim.


Qo‘shimcha shartlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi

Kredit maqsadi:

Boshqa tijorat bankidan birlamchi yoki ikkilamchi bozordan ipoteka krediti hisobiga sotib olingan turar joy uchun kredit bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘ini qayta moliyalashtirish.

Hisoblangan foizlar, penya, jarima va qarz oluvchining dastlabki bank oldidagi boshqa majburiyatlari qayta moliyalashtirilmaydi.



Kreditning maksimal miqdori

Kreditning maksimal miqdori:

Qayta moliyalashtirilayotgan kredit bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘i miqdorida, biroq Toshkent shahridagi turar joylar uchun 1 000 000 000 so‘mgacha.

Boshqa hududlardagi turar joylar uchun — 550 000 000 so‘mgacha.



Kredit muddati

Kredit muddati:

15 yoki 20 yilgacha.



Boshlang‘ich badal

Boshlang‘ich badal:

Talab etilmaydi. Kreditning garovga nisbati (LTV) 80%dan oshmasligi lozim. LTV 80%dan yuqori bo‘lgan qismini qarz oluvchi o‘z mablag‘lari hisobidan so‘ndirishi mumkin.



To‘lov jadvali

To‘lov jadvali:

Annuitet yoki differensial.



Mablag‘larni ajratish shakli

Mablag‘larni ajratish shakli:

Kredit mablag‘lari asosiy qarz qoldig‘ini to‘liq so‘ndirish uchun dastlabki kreditor bankda qarz oluvchi nomiga ochilgan hisobvaraqqa o‘tkaziladi.



Kredit ta’minoti

Kredit ta’minoti:

  • qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka krediti obyekti bo‘lgan turar joy navbatdagi garov sifatida qabul qilinadi;
  • kreditning garovga nisbati (LTV) 80%dan oshmasligi lozim;
  • sug‘urta shartnomasi va polisi kreditning to‘liq muddatiga rasmiylashtiriladi.




Kredit kalkulyatori

Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.

Bank haqida
O‘zsanoatqurilishbank
Litsenziya raqami: 17, 25.06.1991
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy
Aloqa telefon raqami:
Ishonch telefoni: 71-200-43-43, 78-120-45-01
STIR: 200833707
E-mail: info@sqb.uz
Sayt: www.sqb.uz
Kredit bo‘yicha boshqa takliflar
Ko‘p beriladigan savollar